Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Tottenxem" "Real" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"Tottenxem" "Real" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Real" himoyachisi Alvaro Odriosola faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Football Italia nashri. Manba bergan xabarga ko‘ra, "shporlar" ispaniyalikka jiddiy qiziqish bildirgan.

Avvalroq, Odriosola Florensiyaning "Fiorentina" klubiga o‘tishga yaqinligi haqida xabar berilgandi, biroq futbolchining o‘zi hali bitimga rozi emas. "Tottenxem" bu vaziyatdan foydalanishi mumkin. London klubi Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin bo‘lgan Serj Oryega o‘rinbosar qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Odriosola 2018 yilda "Real Sosyedad"dan 30 million yevro evaziga ko‘chib o‘tib, "Real" futbolchisiga aylandi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan.

Kiritildi: 15:10, 26.08.2021.
O'qildi: 3381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик