Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Konferensiyalar ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Konferensiyalar ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Bugun Konferensiyalar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a marosimi haqida batafsil ma’lumot berib o‘taamiz.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi. Tadbir Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Kimlar ishtirok etadi?
Yangi tashkil etilgan ushbu musobaqaning guruh bosqichida 32ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar quyidagi tartibda guruh bosqichiga yetib kelishdi:

5ta klub saralash bosqichi orqali (Chempionlar yo‘li)

"Bude-Glimt" (Norvegiya)
"Qayrat" (Qozog‘iston)
"Linkoln Red Imps" (Gibraltar)
"Makkabi" Xayfa (Isroil)
"Flora" (Estoniya)

17ta klub saralash bosqichi orqali (Liga vakillari yo‘li)

"Anortosis" (Kipr)
"Bazel" (Shveysariya)
"Vitess" (Niderlandiya)
"Gent" (Belgiya)
"Qorabog‘" (Ozarboyjon)
"Kopengagen" (Daniya)
LASK (Avstriya)
"Makkabi" Tel-Aviv (Isroil)
PAOK (Gresiya)
"Partizan" (Serbiya)
"Renn" (Fransiya)
"Roma" (Italiya)
"Tottenxem" (Angliya)
"Union Berlin" (Germaniya)
"Feyenoord" (Niderlandiya)
SSKA Sofiya (Bolgariya)
"Yablones" (Chexiya)

10ta klub Yevropa ligasi saralash bosqichidan chiqib ketgani tufayli

"Alashkert" (Armaniston)
"Alkmaar" (Niderlandiya)
"Zarya" (Ukraina)
"Mura" (Sloveniya)
"Omoniya" (Kipr)
"Randers" (Daniya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Slovan" (Slovakiya)
XIK (Finlyandiya)
CHFR (Ruminiya)

Savatchalar

Qur’adan oldin jamoalar UYEFA klublar reytingi asosida 4ta savatchaga quyidagicha taqsimlanishgan:

1-savatcha: "Roma" (Italiya), "Tottenxem" (Angliya), "Bazel" (Shveysariya), "Slaviya" Praga (Chexiya), "Kopengagen" (Daniya), "Gent" (Belgiya), AZ (Niderlandiya), LASK (Avstriya).

2-savatcha: "Feyenoord" (Niderlandiya), "Qorabog‘" (Ozarboyjon), "Makkabi" Tel-Aviv (Isroil), PAOK (Gresiya), "Renn" (Fransiya), "Partizan" (Serbiya), CHFR (Ruminiya), "Zarya" (Ukraina).

3-savatcha: "Union" (Germaniya), SSKA Sofiya (Bolgariya), "Vitess" (Niderlandiya), "Slovan" Bratislava (Slovakiya), "Yablones" (Chexiya), "Alashkert" (Armaniston), "Flora" (Estoniya), "Qayrat" (Qozog‘iston).

4-savatcha: "Linkoln" (Gibraltar), "Randers" (Daniya), "Anortosis" (Kipr), XIK (Finlyandiya), "Makkabi" Xayfa (Isroil), "Bude-Glimt" (Norvegiya), "Mura" (Sloveniya), "Omoniya" (Kipr).

Qur’a mexanizmi
Qur’a jarayonida final uchrashuvi elchisi Lorik Sana va maxsus mehmon Nixat Qaxveji ishtirok etishadi.

Bir guruhda bir mamlakatning ikki jamoasi ishtirok etishi mumkin emas. Boshqa cheklovlar haqida qur’a jarayonida ma’lum qilinadi.

Marosimda Yevropa ligasi mavsum-2020/21ning eng yaxshi futbolchisiga sovrin topshiriladi. O‘tgan yillarda ushbu sovrinni Romelu Lukaku, Eden Azar, Antuan Grizmann va Pol Pogba qo‘lga kiritishgan.

Taqvim

Guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

1-tur: 16 sentyabr
2-tur: 30 sentyabr
3-tur: 21 oktyabr
4-tur: 4 noyabr
5-tur: 25 noyabr
6-tur: 9 dekabr

Musobaqa formati
Guruhlarda jamoalar "uy-safar" tizimida o‘zaro 2 martadan to‘qnash kelishadi. Guruhda dastlabki 2ta o‘rinni egallagan jamoa yevrokuboklardagi o‘z ishtirokini davom ettirishadi.

1. Guruh g‘oliblari Konferensiyalar ligasi nimchorak finaliga chiqadi.

2. Guruhlarda 2-o‘rinni egallagan klublar Yevropa ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni band etgan jamoalar bilan pley-off bosqichida ishtirok etishadi. Unda g‘olib chiqqan klublar esa o‘z ishtirokini Konferensiyalar ligasi nimchorak final bosqichida davom ettirishadi.

Final
Konferensiyalar ligasining ilk finali 2022 yilning 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahridagi "Milliy" stadionda o‘tkaziladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:00, 27.08.2021.
O'qildi: 3852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.