Londonning "Fulxem" klubi hujumchisi Aleksandr Mitrovich jamoa bilan yangi besh yillik shartnomaga imzo chekdi. U 2018 yilda 22 million funt evaziga "Nyukasl"dan xarid qilingan edi.
Hujumchining joriy narxi esa 27 million funtni tashkil etadi. Mitrovich yangi bitim imzolagach, shunday deydi:
"Juda ham xursandman. Bu jamoa mening oilam, stadion esa uyimga aylangan. Men bu yerdagi hammaga, jamoadoshlarim, rahbariyat va muxlislarga meni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Haqiqatdan ham baxtiyorman".
26 yoshli hujumchi 2018 yildan beri "Fulxem" tarkibida 135 ta uchrashuvda maydonga tushib, 56 ta gol muallifiga aylangan.