Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Diyor Imomxo‘jayev Katanesning O‘zbekiston MTJ uchun 3ta foydali jihatini sanadi

Diyor Imomxo‘jayev Katanesning O‘zbekiston MTJ uchun 3ta foydali jihatini sanadi

Baho:
+ | -

Srechko Katanes bilan matbuot anjumanidan avval O‘FA prezidenti murabbiylar shtabi bilan ko‘rishdi. Taxminan 1,5 soat davom etgan suhbat davomida uch jihatga e’tibor qaratish mumkin.

Birinchidan, O‘FA prezidentining qarashlari va terma jamoaga bo‘lgan talablari Katanesniki bilan juda o‘xshash bo‘lib chiqdi va tabiiyki, bundan murabbiylar shtabining ko‘ngli karrasiga ko‘tarildi. Ya’ni, shtab rahbariyat va o‘z prinsiplari o‘rtasida muallaq qolib ketmaydi, balki bunda mushtaraklik bo‘ladi.  

Ikkinchidan, milliy terma fonida O‘FA prezidenti olimpiya terma jamoasi masalasini ham eslatdi. Sir emaski, mamlakatning birinchi raqamli shaxsi Olimpiada o‘yinlarida jamoaviy sport turlari masalasini jiddiy tanqid ostiga olgandi. Shundan kelib chiqilsa, O‘zbekiston Parij-2024 uchun jiddiy harakat qiladi. Katanes esa bu borada olimpiya va milliy terma o‘rtasidagi ko‘prik masalasida ikkinchi raqamli terma jamoa uchun doimo ochiq ekanini ma’lum qildi. Ya’ni, u faoliyati davomida o‘zidan keyingi terma jamoalar ishiga aralashmasa-da, aslida ular bilan doim muloqotga tayyor bo‘ladi.

Uchinchidan, milliy terma va klublar o‘rtasidagi munosabat masalasi. Yevropalik mutaxassis buni asosiy planga olib chiqayapti va tabiiyki, bu borada u klublar ichki ishlariga aralasha olmasligini qayd etyapti, shunchaki klublar bilan do‘stona munosabatlarga kirisha olishiga umid bildiryapti. Bizda esa so‘nggi ikki mahalliy murabbiy aynan shu masalani suiste’mol qilgani barchaga ma’lum. Ya’ni, milliy terma murabbiyi klublarning xo‘jayini emas (!) va buni Katanes Kuper singari yaxshi tushunadi. Biroq katta muvaffaqiyatlar yo‘lida o‘zaro hamjihatlik va "solidarnost" muhim ahamiyat kasb etadi. Murabbiyning bu qarashlarini PFL ham qo‘llab-quvvatlaydi. Aynan shu jihatdan ham termani Yevropa futboli havosidan xabardor murabbiy boshqargani afzal. Ular nozik chegara va pardani ongliroq his qila oladi.

Sub’ektiv fikrimcha, Katanesning bizga qarshi so‘nggi ikki o‘yinidagi g‘alabasi fonida u doimo o‘zbekistonlik futbolchilar texnik tomondan o‘z shogirdlaridan kuchliroq ekanligini his qilgan va faqatgina taktik taraflama chiqargan qarorlari evaziga bizni mag‘lub eta olgan. Endi unda texnik tomondan kuchli o‘sha futbolchilar mavjud, faqatgina yanada kuchliroq taktik qarashlar bilan Katanes futbolchilarimizni Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron, Saudiya, Qatar kabi muqarrar raqiblarga qarshi puxta tayyorlay olishi kerak. Ishonamizki, u buning uddasidan chiqa oladi. Bu borada sloveniyalik murabbiyga omad tilagan holda, unga qo‘limizdan kelganicha yordam berishga harakat qilamiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 05:53, 28.08.2021.
O'qildi: 5148 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.