Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

JCH-2022 saralash. Portugaliya Ronalduning so‘nggi daqiqalardagi gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi, Fransiya, Niderlandiya va Xorvatiya ochko yo‘qotdi

JCH-2022 saralash. Portugaliya Ronalduning so‘nggi daqiqalardagi gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi, Fransiya, Niderlandiya va Xorvatiya ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Yevropa mintaqasida 1 sentyabr, chorshanba kuni JCH—2022 saralash bosqichining navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Irlandiyani qabul qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari Krishtianu Ronalduning so‘nggi daqiqalardagi ikkita goli bilan javob qaytardi.

Fransiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovina bilan bahs yuritdi. 36-daqiqada Edin Jeko mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Antuan Grizmann muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Jyul Kundening chetlatilishidan keyin fransuzlar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Norvegiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda tomonlar murosa yo‘lini tanladi. Turkiya so‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yubordi va Chernogoriyaga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi.

Rossiya terma jamoasi Xorvatiya qarshi maydonga tushdi. Valeriy Karpin uchun debyut bo‘lgan o‘yinda hisob ochilmadi. Qozog‘iston va Ukraina o‘rtasidagi dramatik uchrashuvda jamoalar jangovar durangga imzo chekdi.

JCH—2022 saralashi, 4-tur bahslari
1 sentyabr, chorshanba
Portugaliya — Irlandiya 2:1
Gollar: 0:1 – 45 Igan, 1:1 – 89 Ronaldu, 2:1 – 90+6 Ronaldu.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Joau Kanselu (Gedesh, 82), Pepe, Gerreyru (Mendesh, 62), Ruben Diash, Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 62), Rafa Silva (Andre Silva, 46), Palinya (Moutinyu, 73), Diogu Jota, Ronaldu.
Irlandiya – Bazunu, Doerti, Igan, Daffi, Koulmen, Hendrik, Kallen, Makgret (Molambi, 90), O`SHi (Omobamidele, 36), Ida (Kollinz, 90), Konnolli (Makkleyn, 72).
Ogohlantirishlar: Hendrik (10), O`SHi (33), Konnolli (45), Doerti (56), Ronaldu (90).

Fransiya — Bosniya va Gersegovina 1:1
Gollar: 0:1 – 36 Jeko, 1:1 – 39 Grizmann.
Fransiya – Lyoris, Kimpembe, Kunde, Din, Varan, Lemar (Tchuameni, 46), Pogba, Veretu (Dyubua, 54), Grizmann (Koman, 76), Benzema (Marsyal, 76), Mbappe (Diabi, 90).
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Sushich (Sipetich, 64), Kolashinas (Chivich, 54), Sanichanin, Hajikadunich, Pyanich, Simirot (Lonchar, 72), Hajiahmetovich, Axmedhojich, Jeko, Demirovich (Prevlyak, 72).
Ogohlantirishlar: Veretu (30), Hajiahmetovich (76).
Chetlatish: Kunde (51).

Norvegiya — Niderlandiya 1:1
Gollar: 1:0 – 20 Holand, 1:1 – 36 Klassen.

Turkiya — Chernogoriya 2:2
Gollar: 1:0 – 9 O‘nder, 2:0 – 30 Yaziji, 2:1 – 40 Marushich, 2:2 – 90+7 Radunovich.

Rossiya — Xorvatiya 0:0

Qozog‘iston — Ukraina 2:2
Gollar: 0:1 – 2 Yaremchuk, 1:1 – 74 Valiullin, 1:2 – 90+3 Sikan, 2:2 – 90+6 Valiullin.

Latviya — Gibraltar 3:1
Gollar: 1:0 – 50, penalti Gutkovskiy, 1:1 – 71, penalti De Barr, 2:1 – 85 Gutkovskiy, 3:1 – 89 Siganik.

Lyuksemburg — Ozarbayjon 2:1
Gollar: 1:0 – 8 Pintu, 2:0 – 28, penalti Rodrigesh, 2:1 – 67 Mahmudov.

Farer — Isroil 0:4
Gollar: 0:1 – 11 Zaxavi, 0:2 – 44 Zaxavi, 0:3 – 52 Dabbur, 0:4 – 90 Zaxavi.

Moldova — Avstriya 0:1
Gol: 0:1 – 45 Baumgartner.

Daniya — Shotlandiya 2:0
Gollar: 1:0 – 14 Vass, 2:0 – 15 Mele.

Sloveniya — Slovakiya 1:1
Gollar: 0:1 – 32 Bojenik, 1:1 – 42 Stoyanovich.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:16, 02.09.2021.
O'qildi: 5879 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик