Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Ronaldu yoki Messi. Habib qanday javob berdi?

Ronaldu yoki Messi. Habib qanday javob berdi?

Baho:
+1 | -

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov EFC 40 turniridan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida nima uchun Krishtianu Ronalduni Lionel Messidan ustun deb bilishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


- Sizningcha, Ronaldu Messidan kuchliroqmi?


- Ha, men shunday deb o‘ylayman.


- Nimaga?


- Messi ham juda yaxshi o‘ynaydi. U tarixdagi eng yaxshilaridan biri. Menimcha, o‘yin jihatidan ular taxminan tengdir. Ammo Krishtianu undan kuchliroq.
Krishtianu 17 yildan buyon tepada. 2004 yilda u Yevropa chempionati finalida o‘ynagan va u yerda eng yaxshilaridan biri bo‘lgan. Hozir 2021 va Ronaldu hali ham gol urmoqda. Bu hodisa futbolda hech qachon bo‘lmagan. Messi qachon boshlagan? 2005-2006? Hatto undan ham keyinroq.


- 2005 yilda YECHLni kim yutgan?

- "Liverpul".

-  2006 yildachi?

- "Barselona".

- Xo‘sh, Messining bunga aloqasi yo‘qmi?

- Menimcha, bunga umuman aloqasi yo‘q edi. Sababi, o‘sha paytda boshqa odam bor edi [Ronaldinyo].
Siz turli yo‘llar bilan fikrlashingiz mumkin. Messi va Ronalduni, "Real" va "Barsa"ni, "Mersedes" va "BMV"ni solishtiradigan odamlar bor. Mening shaxsiy fikrimcha, Krishtianu yetakchi.

Kiritildi: 13:02, 05.09.2021.
O'qildi: 12978 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.