Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

YECHL. Amaldagi chempion ushbu mavsumda ham munosib ishtirok eta oladimi?

YECHL. Amaldagi chempion ushbu mavsumda ham munosib ishtirok eta oladimi?

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasining amaldagi chempioni «Chelsi» klubining ham yangi mavsum uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.

Tomas Tuxel ham 25 nafar futbolchinin qaydnomaga kiritdi.

Londonliklar safida Romelu Lukaku xarid qilingan yagona futbolchi va asosiy tarkibdan muntazam o‘rin olishi kutilmoqda. Belgiyalikning bu safargi qaytishi «Chelsi»ning o‘yinida sezilarli o‘yinni ta’minlab berishi mumkin. Bundan tashqari, «Atletiko»dan mavsum oxiriga qadar ijaraga olingan Saul Nigesni ham foydasi tegadi. Ammo, Kante va Jorjinyo singari yarim himoya maestrolari bilan raqobatda ustun kelish uchun ko‘p mehnat qilish talab etiladi.

Demak, qaydnoma bilan tanishib oling.

Darvozabonlar: Kepa Arrisabalaga, Eduar Mendi, Markus Bettinelli.

Eduar Mendi o‘tgan mavsumda o‘zining «Chelsi»dagi debyutini o‘tkazdi va musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Quruq o‘yin ko‘rsatish bo‘yicha ham rekord natija (9) qayd etganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Kepa Arrisabalaga zaxira darvozaboni sifatida ushbu mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Umuman olganda, Mendi ayni vaqtda eng yaxshi darvozabonlar uchligiga kiradi. Oxirgi sport formasi, o‘yinlari gapimizning isboti bo‘lsa ajab emas.

Himoyachilar: Ris Jeyms, Sezar Aspilikueta, Andreas Kristensen, Antonio Ryudiger, Trevo Chaloba, Tiago Silva, Malang Sarr, Ben Chiluell, Markos Alonso.

O‘tgan mavsumda 5 nafar himoyachi bilan harakat qilish orqali natijaga erishish mumkin ekanligini «Chelsi» misolida kuzatdik. Jeyms, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger asosiy tarkibda tushishi deyarli aniq. Chap qanoy lateralida esa Alonso va Chiluell boshlang‘ichda harakat qilish uchun kurash olib borishadi. Silva tajribali, ammo yoshi o‘tib qolgan bo‘lsa, Chaloba va Sarr uchun ko‘proq o‘yin amaliyoti kerak bo‘ladi. Mustahkam himoya chizig‘iga ega jamoa.

Yarim himoyachilar: Lyuis Beyker, Ross Barkli, Jorjinyo, Kay Xaverts, Ngolo Kante, Mateo Kovachich, Meyson Maunt, Saul Niges, Kristian Pulishich, Hakim Ziyesh.

Joriy mavsumda ham «Chelsi»da yarim himoya chizig‘i kuchli. Musobaqaning eng kuchli yarim himoya chizig‘iga ega jamoalardan biri desak ham mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Kante va Jorjinyo markazda, Maunt va Xaverts hujumda asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi. Ularning o‘rnini bosadigan futbolchilar yetarlicha. Kovachich va Niges, Pulishich va Ziyesh kabi o‘yinchilar zaxirada. Tasavvur qilyapsizmi?! Bundan tashqari, Ross Barklidek xavbek qaydnomaga kiritilish uchun harakat qiladi.

Hujumchilar: Ruben Loftus-CHik, Romelu Lukaku, Timo Verner.

Romelu Lukaku asosiy figura bo‘lishi tushunarli. Timo Verner o‘zidagi kamchiliklarni yo‘qotsa unga ham yetarlicha imkoniyat beriladi. Loftus-CHik uchun ushbu mavsum tajriba to‘plash yili bo‘lishi yoki kutilmaganda porlab chiqish ehtimoli ham yo‘q emas.

Bu mavsumda ham «Chelsi»da asosiy ish yarim himoya zimmasiga tushadi va qo‘shimchasiga ularning harakatlarini oxiriga yetkazib qo‘yadigan forvard jamoada. «Chelsi» chempionlik unvonini boshqa klublarga osonlikcha berib qo‘ymaydi va YECHLning ushbu mavsumida ham munosib ishtirok etishini kutib qolamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:04, 08.09.2021.
O'qildi: 3039 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.