Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

YECHL. Gvardiola va uning jamoasi ham yangi mavsumga tayyor

YECHL. Gvardiola va uning jamoasi ham yangi mavsumga tayyor

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi joriy mavsumi uchun "Manchester Siti" klubining ham qaydnomasi e’lon qilindi.

O‘tgan mavsum musobaqada finalga qadar yetib borgan Pep Gvardiola shogirdlari bu ishni ushbu mavsumda ham uddalashadimi yoki bu natijalarindan ham yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etishadimi, balki kutilmaganda musobaqani erta tark etishar...

Oldindan biror bir narsani aytish qiyin. Biz ularning bu mavsumga tanlagan tarkibidan kelib chiqqan holda «shaharliklar»ning imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga harakat qilamiz.

"Manchester Siti" mavsumlar oralig‘ida "Aston Villa"dan yarim himoyachi Jek Grilishni xarid qildi. Angliyalik xavbek o‘z mahoratini namoyish etgan holda APLning dastlabki o‘yinlarida "Manchester Siti" a’zosi bo‘lishga loyiq ekanligini isbotlab ulgurdi. Endi bu ishni Yevropa Chempionlar Ligasida ham ko‘rsatishi lozim. Mazkur musobaqa Grilish uchun yangilik bo‘lsa-da, o‘zining bor mahoratini yana ishga sola olishiga umid qilamiz.

Darvozabonlar: Ederson, Zakk Steffen, Skott Karson.

Shubhasiz, Ederson jamoaning asosiy darvozaboni hisoblanadi. AQSH terma jamoasining birinchi raqamli posboniga aylangan Steffen esa o‘z navbatini kurishiga to‘g‘ri keladi. Tajribali Karson esa favqulodda holat uchun qaydnomaga kiritilganini ko‘pchilik yaxshi tushungan bo‘lsa kerak. Ederson jarohat olmasa, «Siti» darvozasi bu mavsumda ham ishonchli qo‘llarda deb aytishimizga asoslar yetarli.

Himoyachilar: Kayl Uoker, Joao Kanselu, Ruben Diash, Jon Stouns, Emerik Laport, Natan Ake, Aleksandr Zinchenko.

Uoker, Stouns va Diash asosiy tarkib futbolchilari. Zinchenko ham chap qanotda bosh ro‘llarda bo‘lishi tabiiy. Ba’zi hollarda esa Gvardiola uni Kanselu bilan rotasiya qilishiga ham o‘rganib qoldik. Biroz barqaror bo‘lmagan, ammo yaxshi saviyadagi himoyachilar bilan to‘ldirilgan tarkib deb bemalol ayta olamiz.

Yarim himoyachilar: Ilkay Gundogan, Jek Grilish, Rodri, Kevin de Bryuyne, Bernardu Silva, Fernandinyo, Riyad Mahrez, Fil Foden, Romeo Lavia.

«Siti» ayni paytda yarim himoyachilari bilan bemalol maqtana oladigan klub sanaladi. Jamoaning markaziy hujumchisi bitta bo‘lsa ham, unga yordam beradigan, o‘rnini bosa oladigan hujumkor yarim himoyachilar talaygina. Nomlarga e’tibor bering, yaxshilab yana bir marotaba qaytadan o‘qib chiqing.

Mazkur futbolchilarning tarkibda mavjudligi va ularni o‘ynata oladigan mutaxassis faoliyat olib borayotgani "Manchester Siti"ning ustunligi hisoblanadi.

Hujumchilar: Rahim Sterling, Gabriyel Jezus, Ferran Torres.

Gabriyel Jezus yagona markaziy hujumchi hisoblansada, Sterling va Torres uning ishini qoyilmaqom tarzda bajara olishadi. Serxio Aguero «Barselona»ga yo‘l olganidan keyin, klub Xoland, Keyn, Ronaldularga qiziqdi, Levandovskini ham tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi. Ammo, yakunda birorta futbolchini ham hujumga sotib ola bilmadi. Shu ko‘rinishda ham Pep Gvardiolaning hujum chizig‘i juda ham kuchli va optimal.

Oltinchi mavsum Gvardiola «shaharliklar» bilan o‘z maqsadiga erisha oladimi? Siz, bu borada qanday fikrdasiz?

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:38, 08.09.2021.
O'qildi: 2883 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик