Gollandiyada 13 yoshli bolaga stadionga tashrif buyurish taqiqlandi.
Bu qaror mamlakat futbol assosiasiyasi tomonidan qabul qilingan. Qayd etilishicha, bola Eyndxovenda bo‘lib o‘tgan Gollandiya-CHernogoriya uchrashuvining 89-daqiqasida Memfis Depay bilan selfiga tushish uchun maydonga yugurgan.
Bolaga 100 yevro jarima solindi va 5 yil stadionga tashrif buyurish taqiqlandi.
Boladan tashqari yana 15 kishi maydonga yugurib chiqqan. Bu odamlar ham 5 yil stadion tribunalariga tusha olmaydi.