Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ravshan Ermatov «Professional futbol maktablari ligasi» musobaqsida ishtirok etayotgan jamoalar bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov «Professional futbol maktablari ligasi» musobaqsida ishtirok etayotgan jamoalar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Toshkent shahri shu kunlarda 2006 yilda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasidagi «Professional futbol maktablari ligasi» musobaqasining Respublika bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur musobaqaning final bosqichida ishtirok etish uchun yurtimizning barcha hududlaridan jamoalar poytaxtga yetib kelishgan.

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar futbolchilar joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurdi. Uchrashuv avvalida Ravshan Ermatov futbol mahorat maktabidagi jamoalarning murabbiylari bilan suhbatlashdi.

Hozirgi zamonaviy futboldan holatidan kelib chiqib, o‘z ishlariga ilmiy va tahliliy yondashishlari kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, bu yo‘lda murabbiylar doimiy o‘z ustilarida ishlab, maxsus kurslarda malaka oshirib borishlari lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida futbolchilarning yashash va ovqatlanish sharoitlari, teoriya darslarini tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.

Yosh futbolchilar bilan muloqot ochiq tarzda o‘tib, unda avvalo mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, sport musobaqalari haqida suhbatlashildi. O‘FA vakillari musobaqada ishtirok etayotgan barcha yosh futbolchilarga omad tilashdi.

Shundan so‘ng Ravshan Ermatov bugungi kunda bolalar-o‘smirlar futboli rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Server Jeparov va Odil Ahmedov hamrohligida Navoi - Namangan terma jamoalari o‘yinini bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:28, 08.09.2021.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.