«Arsenal» jamoasi markaziy yarimhimoyachisi Tomas Parti jarohatidan tuzalib, umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parti 2021/2022 yilgi mavsum boshlanishini o‘tkazib yubordi. Uch turdan so‘ng «Arsenal» Premyer-liga turnir jadvalining so‘nggi o‘rnini egallab turibdi.