Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

YECHL. «Liverpul»ning qaydnomasi ham ma’lum, o‘zgarishsiz jamoa

YECHL. «Liverpul»ning qaydnomasi ham ma’lum, o‘zgarishsiz jamoa

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchrashuvlari boshlanishiga ham 5 kun qoldi. Kuni kecha hamma jamoalar qatori «Liverpul»ning ham musobaqa uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.

Qaydnoma va yozgi transferlarda amalga oshirilgan harakatlarni haqida to‘xatalib o‘tamiz.

Mavsumlar oralig‘ida Yurgen Klopp jamoasida sezilarli o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Ibrahima Konate «Leypsig» klubidan xarid qilindi. 22 yoshli himoyachi o‘yin tomonlama, kuch va bo‘yining balandligi evaziga Virjil van Deykka qiyoslanmoqda. Uning havodagi kurashda ustun kelishi va sheriklariga uzatmalari mashhur bo‘lib ulgurgan.

Takumi Minamino «Sautgempton»da ijara muddatini o‘tab yana safga qaytdi. Yaponiyalik hujumkor yarim himoyachi ham klubda ham terma jamoadagi yorqin o‘yinlari orqali «Liverpul» uchun munosib futbolchi bo‘la olishini isbotladi. Yangi mavsumda uning salohiyatini ham kuzatamiz.

Tarkibda ikkita sezilarli yo‘qotish bo‘lganini ham aytish mumkin. Jorjinyo Veynaldum erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma imzoladi. Jerdan Shakiri esa Fransiyaning boshqa bir klubi «Lion» tarkibiga borib qo‘shildi.

Qaydnomaga kiritilgan barcha futbolchilar bilan tanishib oling.

Darvozabonlar: Alisson Bekker, Adrian, Kaomin Kelleher

Alisson birinchi raqamli darvozabon. Uning yo‘qligini esa bir muddat Adrian bilintirmaslik uchun harakat qildi. Ammo, klass bobida baribir Alisson sheriklaridan ustun ekanligi kundek ravshan. Braziliyalik posbon katta ehtimol bilan boshlang‘ich tarkibni hech kimga bermaydi. Lekin, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, jarohat yoki boshqa sabablar...

Himoyachilar: Virjil van Deyk, Ibrahima Konate, Joe Gomez, Kostas Tsimikas, Endi Robertson, Joel Matip, Nataniyel Fillips, Trent Aleksandr-Arnold.

Tarkibda deyarli o‘zgarish yo‘q. Eng muhim yangiliklardan biri bu van Deykning uzoq muddatli jarohat davridan keyin safga qaytgani bo‘lib turibdi. Ushbu hodisa uning jamoadoshlariga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Van Deyk avvalgi sport formasiga qaytsa va yangi olib kelingan Konate ham «Leypsig»da bo‘lgani kabi yorqin futbolini namoyish etishni uddalasa, bu mavsum «Liverpul» mudofaasi dahshatli mustahkam bo‘ladi. Qanotlarda doimgidek Arnold va Robertson. Ularning darajasi bir muncha pastlagandek tuyulishi mumkin, bu van Deykning yo‘qligi bilan ham sodir bo‘ldi.

Yarim himoyachilar: Fabinyo, Tiago Alkantara, Jeyms Milner, Nabi Keyta, Roberto Firmino, Sadio Mane, Jordan Xenderson, Aleks Oksleyd-CHemberlen

Veynaldum va Shakirini ketgani biroz bilinishi tabiiy. Rotasiya ishlarida ular asosiy tarkib futbolchilari bo‘lib bera olishardi. Fabinyo, Xenderson, Alkantara ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi, Mane va Firmino esa hujum chizig‘ida Salah hamda Jotaga yordamlashishini taxmin qilish qiyin emas.

Hujumchilar: Yevropa chempionatia yorqin o‘yin ko‘rsata olgan Jota hamda Misr terma jamoasi va mersisaydliklarning yulduzi Muhammad Salah joriy mavsum hujumda asosiy rollarda tushishi, Minamino va Origi esa zaxira varianti sifatida taktikaga kiritilishi mumkin. Sadio Mane singari futbolchi ham hujum uchligidan o‘rin olmaydi deb ayta olmaymiz. Mane, Salah, Firmino triosiga Jota ham qo‘shilgani va hatto Firminodan boshlang‘ich tarkibdagi o‘rnini tortib olganini o‘tgan mavsumda ham kuzatdik.

Biroz o‘tmaslashib qolgandek tuyulayotgan «Liverpul» hujum chizig‘i bu mavsum ham o‘z ishini a’lo darajada bajarishiga shubha yo‘q.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:54, 09.09.2021.
O'qildi: 4403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.