Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

APL. 12 yillik tanaffusdan keyin Ronaldu yana debyut qilishi mumkin (prevyu)

APL. 12 yillik tanaffusdan keyin Ronaldu yana debyut qilishi mumkin (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 4-tur doirasida MYU o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

Meyson Grinvud joriy mavsum "Manchester Yunayted"ning APLdagi har bir o‘yinida gol urdi. U musobaqada ketma-ket 4 o‘yinda gol urgan to‘rtinchi yosh futbolchiga aylanishi mumkin. Bunga qadar Robbi Fauler, Nikolya Anelka va Fransis Jeffers ushbu ishni uddasidan chiqishgan.

Krishtianu Ronalduning APLdagi oxirgi o‘yini 2009 yilning may oyida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazilgan edi. Agar u bugun MYU safida maydonga tushsa, maydonga tushgan o‘yinlar orasida eng katta farq yuzaga keltirish bo‘yicha musobaqa tarixidagi yangi rekord qo‘yiladi (12 yil va 118 kundan keyin).

"Manchester Yunayted" APL doirasida «Nyukasl»ga qarshi oxirgi 36 uy o‘yinida faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan - 26 g‘alaba, 9 durang. O‘sha mag‘lubiyat 2013 yilning dekabr oyida Devid Moyes boshqarayotgan davrda qabul qilib olingandi.

«Nyukasl» Premyer-Ligada MYU bilan oxirgi 8 uchrashuvning oltitasida hisobni ochgan bo‘lsada, ikki bor g‘alaba qozona olgan (4 mag‘lubiyat).

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Entoni Teylor

Qanot hakamlari: Geri Besvik, Adam Nunn

Zaxira hakami: Jon Bruks

VAR: Kreyg Pouson

VAR yordamchisi: Skott Ledjer

 

Taxminiy tarkiblar

Manchester Yunayted: De Xea, Van-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou, Matich, Fred, Pogba, Fernandesh, Grinvud, Ronaldu

Nyukasl - Vudmen, Fernandes, Laselles, Shar, Myurfi, Uillok, Hayden, Almiron, Ritchi, Sent-Maksimin, Joelinton

 

Yo‘qotishlar

Mankunianliklar safida Markus Reshford jarohatidan tiklanib ulgurmagan bo‘lsa, Sancho ham jarohatda, lekin o‘ynashi mumkin. Skott MakTomini, Aleks Telles va Fil Jons formasini tiklab olmagan.

Mehmonlar tarkibida esa Martin Dubravka, Jonjo Shelvi, Rayan Freyzer, Kallum Uilsonlar jarohat olishgan. Pol Dammetning maydonga tushishi so‘roq ostida. Karl Darlou esa boshqa sababga ko‘ra bugungi o‘yinda qatnashmaydi.

 

Raqamlar

"Manchester Yunayted" barcha musobaqalarda «Nyukasl»ga qarshi oxirgi 37 uchrashuvning 33tasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan.

Premyer-Ligada esa «qizillar» so‘nggi 35 bahsning 32tasida mag‘lub bo‘lishmagan.

MYU barcha musobaqalarda «Nyukasl»ga qarshi so‘nggi 4 bellashuvda kamida uchtadan gol kiritgan.

«Nyukasl» o‘z navbatida APLning oxirgi 3 uchrashuvida darvozasidan kamida ikkitadan to‘p olib chiqqan.

Jamoalar APLda o‘zaro 52 marta to‘qnash kelishgan. Shulardan 31 tasida MYU g‘alaba qozongan, 7 marta «Nyukasl»ning qo‘li baland kelgan va 14 o‘yinda durang qayd etilgan.

Tomonlar oxirgi bor joriy yilning 21 fevralida uchrashishgan va "Old Trafford"da o‘tgan bahsda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:50, 11.09.2021.
O'qildi: 3491 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик