Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Katanes O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga o‘z tavsiyalarini berdi

Katanes O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga o‘z tavsiyalarini berdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 17-25-sentyabr kunlari mamlakatimiz maydonlarida ayollar o‘rtasida Osiyo kubogining saralash bosqichi o‘tkaziladi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi ham tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun «Bunyodkor» akademiyasida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotiga O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

Bahrom Norsafarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyotiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, futbolchilarimizning sharoitlar haqidagi fikrlari tinglandi. Ermatov ularga murojaat qilar ekan, ahillik, maydonda va undan tashqarida bir jamoa ekanligini his etish, terma jamoa safida «men» emas, balki «biz» degan so‘z ustuvor bo‘lishi zarurligini e’tirof etib, agar bunga amal qilinsa jahon miqiyosida ham raqobat qila olishimizni aytib o‘tdi.

Uchrashuvda shuningdek O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ham ishtirok etdi. Sloveniyalik mutaxassis xalqaro tajribadan kelib chiqib o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov hamda futbol jamoatchiligi nomidan jamoamizga omad tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, vakilalarimiz Janubiy Koreya va Mo‘g‘uliston terma jamoalari bilan birga «E» guruhidan o‘rin olgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:30, 15.09.2021.
O'qildi: 2032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик