Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Superliga. «Metallurg» o‘yin so‘ngida 2ta gol urib, uzoq kutilgan g‘alabaga erishdi

Superliga. «Metallurg» o‘yin so‘ngida 2ta gol urib, uzoq kutilgan g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Ketma-ket mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qolgan “Metallurg” safarda “Andijon”ni taslim etdi. Olti ochkolik uchrashuvda bekobodliklar iroda ko‘rsatishdi.

Bevosita o‘yin tafsilotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘yin juda og‘ir kechdi. Ham jismonan, ham ruhan tushkunlikka tushib qolgan “Metallurg”da kadrlar muammosi ham yuzaga qalqib chiqdi. Ibrohim Ibragimov, Zohid Abdullayev, Aleksandr Lobanov singari yetakchi o‘yinchilar jarohat bois maydonga tusha olishmadi. Shunga qaramasdan Jasur Abduraimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qiyin vaziyatda to‘g‘ri taktika tanlay olishdi. Yosh va tajribali o‘yinchilar uyg‘unligida tanlangan tarkib ishonchni oqladi. Butun o‘yin davomida himoyada hushyor harakat qilgan bekobodliklar hujum chizig‘ida ham yetarlicha vaziyatlar yaratishdi.

Birinchi taymda jamoalar o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi. Ikkinchi taymda esa birinchi golli vaziyatdan “Metallurg” foydalana olmadi. Salamat Quttiboyev bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni kirita olmadi. Futbolning o‘zgarmas qoidasi, sen gol urmasang, senga urishadi, degan aqida yana bir bor isbotini topdi. Usmonali Ismonaliyev uchrashuv tugashiga 15 daqiqa qolganda hisobni ochdi.

Nihoyatda qiyin vaziyatga tushib qolgan mehmonlar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. Seytnotda ikkita betakror hujum amalga oshirildi. Avvaliga Damir Temirov olis masofadan superzarba bilan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan Ivan Nagayev g‘alaba to‘pini kiritishga erishdi.

Kubok bahsi bilan qo‘shib hisoblaganda ketma-ket yetti mag‘lubiyatdan keyin “Metallurg” yana g‘alaba qozondi. Bu yutuq jamoaning musobaqa jadvalidagi mavqeini ancha mustahkamladi. "Andijon" esa 13 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga. 18-tur
15 sentyabr, chorshanba
ANDIJON – METALLURG – 1:2 (0:0).
Gol: U.Ismonaliyev (73), D.Temirov (86),  I.Nagayev (89).
"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Sardorbek Xursanov, 3.Azamat Isroilov (11.Abdulxay Ismoilov, 74), 4.Usmonali Ismonaliyev, 5.Abduvohid G‘ulomov, 7.SHerzod G‘ulomjonov (70.Diyorbek Rahimqulov, 46), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 9. Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel (10.Vladislav Vasilyev, 46), 18.Abdug‘ani Kamolov, 49.Plamen Dimov (s).
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 6. Ibrohim Otaxonov, 17.Farhodjon Sohibjonov, 20.Izzatilla Abdulhaqov, 26.Muhammadkarim Toirov, 77.Xurshidbek Ubaydullayev.
"Metallurg": 1.Akmal Tursunboyev, 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Ruslan Roziyev (90. Abdurahmon Abdulhaqov. 75), 8.Salamat Quttiboyev, 10.SHahzodbek Nurmatov (48.Dilshod Rahmatullayev, 89), 22.SHahzodbek G‘ofurbekov, 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullayev (s), 70.Muhammad Isayev (11.Ivan Nagayev, 75), 80.Farrux Ibrohimov, 98.Damir Temirov (79.Bobur Davlatov, 89).
Zaxira: 99. Vladimir Vagin, 25.SHahzodbek Ne’matjonov, 36.Abror Sarimsoqov.
Ogohlantirishlar: Farrux Ibrohimov (56), A.Ismoilov (90).
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Artyom Kalinin, Shohnur Yo‘ldoshev, Sardor Ismatullayev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Aleksandr Davidenko

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 18:34, 15.09.2021.
O'qildi: 2091 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.