Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Zohid Karimov translyasiyadagi muammolar tufayli muxlislarga yuzlandi

Zohid Karimov translyasiyadagi muammolar tufayli muxlislarga yuzlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Zohid Karimov "Sport" telekanali direktori:

Assalomu alaykum! Bir muddat avval biz MTRK qator nufuzli futbol musobaqalarining O‘zbekiston hududida translyasiya huquqini olgani haqida xabar bergan edik. Italiya chempionati va YECHL, YEL, KL, YOL, Futzal bo‘yicha jahon chempionati va hokazo. Musobqalar boshlandi, yaxshi niyat bilan ularni katta hajmda ko‘rsatish maqsadida ishimizni rejalashtirdik. Barcha jalb etilgan ijodiy texnik xodimlar shay holatda edi. Afsuski, bizga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra boshlanishi yaxshi chiqmadi. Interferensiya (fizika) bir vaqtning o‘zida qabul qilinayotgan 10 dan ortiq signal, demodulyator (uskuna)lar uchun avval berilgan format uzatuvchi tomonidan ogohlantirishsiz o‘zgartirilgani…, xullas bizlar uchun yaxshi dars bo‘ldi. O‘yinlar sonini birdaniga emas, sekinlik bilan ko‘paytirsak bo‘lar ekan, ammo biz hammaga yoqish uchun shoshdik, hovliqdik. Birinchi urinish ko‘ngildagidek, biz istagandek chiqmadi, buning uchun barchadan uzr so‘raymiz. Shu bilan birga, biz to‘xtamasligimizni, yanada harakat qilib, rejalarimizni amalga oshirishi yo‘lida albatta mehnat qilishimizni ham aytib o‘tmoqchi edik. Nasib qilsa 2-turgacha kamchiliklarni bartaraf etamiz.

Mehnatimizni kimdir tanqid qilishi, yana kimdir jamoamizga ishonchsizlik bildirishi tabiiy, biroq intilishlarimizni qo‘llaydiganlar va bizning ishimizga xayrixoh bo‘ladiganlar ko‘pligini ham bilamiz. Barchamizga omad!

Manba: uzsport.tv
Kiritildi: 19:05, 15.09.2021.
O'qildi: 3588 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.