Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

«Bavariya» kelasi yili dunyoning eng ko‘p kubok yutgan klubi bo‘ladimi? Yoxud dunyoning eng sovrindor jamoalari haqida

«Bavariya» kelasi yili dunyoning eng ko‘p kubok yutgan klubi bo‘ladimi? Yoxud dunyoning eng sovrindor jamoalari haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ko‘pgina mamlakatlarda futbol bo‘yicha mamlakat chempionatlari start oldi. Qolaversa, klublar o‘rtasidagi turnirlarning ham dastlabki tur uchrashuvlar o‘tkazilib bo‘lindi. Shu sabab dunyoning qaysi klublari eng sovrindor ekanligini eslash vaqti keldi, chamamizda. Ayni paytda biz sizlarga 21-asr boshlangandan keyin, qaysi jamoa nechta sovrin yutgani haqida ma’lumot bermoqchimiz. Aks holda, statistikalar ko‘payib ketishi va ma’lumotlarda biroz chigallik kelib chiqishi mumkin. Demak, trasfermarkt portaliga tayangan holda, dunyoning eng titulli top-5 klubi haqida ma’lumot beramiz.

5 -o‘rin - «Barselona» (Ispaniya, 34ta chempionlik)

Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, «Barselona»ning oltin davri tugadi. Kataloniyada muxlislar Yevropa maydonlarida o‘z sevimlilarini na kubok olishini intizorlik bilan kutishmoqda. Albatta, Messining ketishi va «Barselona»da bo‘layotgan umumiy qayta qurish ishlari, klubni yana kubok yutish dinamikasiga ta’sir qiladi. Balki, argentinalik kelgusi ikki yil ichida yangi jamoasi «PSJ» kataloniyaliklarni ortda qoldirib ketishi mumkin. Sababi, ayni paytda bu parijliklar hisobida 30 ta sovrin bor va ular «Barselona» asosiy ta’qibchisi hisoblanadi.

4 -o‘rin - «Portu» (Portugaliya, 35 ta chempionlik)

 

«Portu» o‘z mamlakatining eng sovrindor jamoasi hisoblanadi. Klub 11 marta Portugaliya chempionligini, 7 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘taman, bu 21-asrda qo‘lga kiritilgan sovrinlar. «Portu»ning asosiy g‘alabasi - 2004 yilda Chempionlar Ligasidagi g‘olibligi. O‘tgan mavsumda «Portu» chempionlik unvonini himoya qila olmadi, kumush medallarni qo‘lga kiritdi va Portugaliya kubogidan ham quruq qoldi.Oldindayangi mavsum va bu medallari sonini yanadalshirib olish uchun yaxshi imkoniyatdir .

 

3 -o‘rin - «Linkoln Red Imps» (Gibraltar, 40 ta chempionlik)

 

Bizning sovrindor jamoalar reytingining eng g‘ayrioddiy a’zosi. 2016/17 yillardagi tanaffusni hisobga olmasa, 2002 yildan buyon har mavsumda Gibraltar chempioni bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, mazkur jamoa mamlakatkubogi va Superkubogidagi g‘alabalarni ham qo‘shsa, «Linkoln Red Imps» jamoasi bizning ro‘yxatning kuchli uchligidan joy olmoqda. Agar, siz ushbu mamlakatda klubga raqobatchilar yo‘q deb o‘ylasangiz, adashasiz. Bugungi kunda 30 ming aholiga ega davlatning futbol ligasi uchta ligadan iborat! Birinchi elita divizioni - Milliy ligada 11 ta klub bor. 2014/15 yilgi mavsumdan boshlab, Gibraltar futbol federasiyasi UYEFAning to‘liq a’zosi bo‘lganidan buyon Yevropa musobaqalarida qatnashish huquqiga ega. «Linkoln Red Imps» klubining yaxshi yutug‘i - Chempionlar Ligasi saralashining ikkinchi bosqichiga chiqish bo‘lgan. Biroq, bu mavsumda «iblislar» (klub laqabi. tahrir) Konferensiyalar Ligasining pley-off bosqichida «Riga»ni orta qoldirib, Yevropaning yangi turnirida qatnashmoqda. Kecha mazkur jamoa musobaqada debyutini o‘tkazdi va o‘z maydonida Gresiyaning «PAOK» klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

2 -o‘rin - «Bavariya» (Germaniya, 44 ta chempionlik)

«Bavariya»ning oltin medallari haqida gapirishning hojati yo‘q. Myunxen klubi muntazam ravishda Germaniya chempioni kubogini (21-asrda 15 ta titul), mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritadi. «Bavariya» uch karra Chempionlar ligasi g‘olibi, ikki karra Superkubok va klublar o‘rtasidagi jahon chempioni. Agar klubdan sovrinlar yutish dinamikasi pasaymasa, demak Germaniya jamoasi tez orada dunyoning eng titulli klublari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib oladi. Ammo, hozircha ular ikkinchi o‘rinda...

1 -o‘rin - «Al-Ahli» (Misr, 45 ta chempionlik)

 

Ro‘yxatni Misr poytaxti Qohiraning «Al-Ahli» jamoasi boshqaradi. XXI asrda «Al-Ahli» 13 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan, 8 marta Afrika Chempionlar Ligasini yutganvaushbu turnirning eng titulli klubi (10 g‘alaba). 2020 yilda «Al-Ahli» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritib, 2006 yildagi yutug‘ini takrorladi. E’tibor bering, 1907 yildan buyon «Al-Ahli» 105 ta turli darajadagi mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

 

 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning eng sovrindor klubi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi hisoblanadi. «Sherlar» XXI asrdan buyog‘iga 11 marta O‘zbekiston chempioni (5 marta kumush, 2 marta bronza), 10 marta O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan (2 marta kumush medal). Toshkent jamoasi 2 marta Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan.


Mahmudov Jamshidbek tayyorladi.

Kiritildi: 18:16, 17.09.2021.
O'qildi: 5831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.