Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu: «Qizilqum» - AGMK

Prevyu: «Qizilqum» - AGMK

Baho:
+ | -

AGMKning Superliga 19-tur doirasidagi raqibi joriy mavsumni ancha barqaror o‘tkazayotgan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bo‘ladi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz mazkur turda Navoiyga safar qiladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi davrada o‘tgan bellashuvda sobiq futbolchilarimiz Erkin Baydullayev va Elguja Grigalashvililarning goli "Qizilqum"ga g‘alaba keltirgandi. Shu bois, AGMK Navoiyga faqat va faqat g‘alaba ilinjida safar qiladi hamda o‘zaro hisob-kitobni to‘g‘rilab qo‘yishga intiladi.

Ayni paytda olmaliqliklar 32 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni band etmoqda. Hamidjon Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum" 26 ochko bilan jadvalda 6-o‘rinda bormoqda.

Ushbu qarama-qarshilikda jamoalar 29 bor to‘qnash kelgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik jamoamiz tarafida. AGMK hisobida 13 g‘alaba, «Qizilqum»da esa bitta kam - 12 g‘alaba mavjud. Qolgan 4 o‘yinda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati ham AGMK foydasiga: 49-42.

O‘yin hakami etib qashqadaryolik yosh va iste’dodli hakam Firdavs Norsafarov tayinlangan.

Bu o‘yin Norsafarov uchun jamoamiz ishtirokidagi 5-uchrashuvga aylanadi. Bunga qadar Firdavs Norsafarov 2019 yili Liga Kubogi doirasida «Metallurg»ga qarshi bahsda ishlagan va unda jamoamiz g‘alabani tantana qilgandi. Shuningdek, ushbu hakam o‘tgan yili birinchi davrada hamda ikkinchi davrada AGMK va «Lokomotiv» o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarni boshqargandi. O‘sha to‘qnashuvning dastlabki bahsida jamoamiz 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bellashuvida «Loko»ning qo‘li baland kelgandi. Joriy mavsumdagi "Turon"ga qarshi safardagi o‘yinimizda ishlagan Norsafarov boshqargan bahsda jamoamiz g‘alabani tantana qilgandi.

Superliga, 19-tur.
20 sentyabr, dushanba.
"Qizilqum" – AGMK (19:00)
Navoiy shahri, "Markaziy" o‘yingoh.
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Olim Abduvosilov, Shavkat Rahmatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Aleksandr Davidenko

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 06:19, 19.09.2021.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.