Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Legionerlarimiz: Yaxshiboyev – yettinchi vakil!

Legionerlarimiz: Yaxshiboyev – yettinchi vakil!

Baho:
+ | -

OCHLda yutuq, ichki birinchilikda...

Eronning «Traktorsozi» klubini yagona gol evaziga yengib, OCHL chorak finaliga yo‘l olgan «An-Nasr» shanba kuni Saudiya Arabistoni Premyer-ligasi doirasida mashhur «Al-Ittihod»ni qabul qilib, 1:4 hisobida yengildi. Jidda jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov har ikki o‘yinda to‘liq 90 daqiqadan harakatlandi.

Aziz G‘aniyev nihoyat, yana maydonda.

BAA chempionati 4-turida «o‘zbekcha derbi» kuzatildi. Gap «Shabab Al-Ahli» - «Sharja» o‘yini haqida ketmoqda. Muhim va yoqimli xabar shuki, jarohat tufayli fevral oyidan buyon rasmiy o‘yinlarda ko‘rinish bermagan mezbonlar yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev nihoyat, safga qaytib, 89 daqida davomida faol to‘p surdi (u bunga qadar «Al-Taid»ga qarshi kechgan nazorat bahsida to‘liq 90 daqiqa to‘p surib, jamoasining 2ta golidan biriga assistentlik qilgandi). Mehmonlar safida esa Otabek Shukurov to‘liq vaqt maydonda bo‘ldi. Natijaga kelsak, «shababchilar» 90+3-daqiqada urilgan gol evaziga 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. «Sharja» hafta o‘rtasida OCHL 1|8 finalida «Al-Vahda» bilan to‘qnashib, penaltilar seriyasi bo‘yicha raqibiga yo‘l bo‘shatgan edi. Otabek Shukurov o‘sha alamli bahsda 120 daqiqa o‘ynash barobarida penaltilar seriyasida o‘z zarbasini golga aylantirdi, biroq...

Belarus chempionatida gollar.

BATE Belarus Oliy ligasi 23-turida amaldagi chempion «Shaxtyor»ni 90-daqiqada hamyurtimiz Shahboz Umarov tomonidan urilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchratdi - 1:0. Borisov klubi ushbu natija ortidan ochkolari sonini 51taga yetkazib, turnir jadvali peshqadamiga aylandi. To‘g‘ri, 50 ochkoga ega «Shaxtyor» zaxirasida 3ta o‘yin bor. Shahbozning muhim g‘alaba qayd etilgan bahsda hal qiluvchi golni urishdan tashqari, to‘liq vaqt davomida tinim bilmaganini ham aytish joiz. Bobur Abduxoliqov esa «Energetik-BGU»ga g‘alaba keltirdi. «Talabalar» 23-turda «Torpedo-BelAZ» mehmoni bo‘lishdi va ortga 1:0 hisobidagi yutuq bilan qaytishdi. Bobur Abduxoliqov Belarus chempionatida bundan oldin gol urgan emasdi. Qisqasi, o‘yinda 81-daqiqa harakatlangan hujumchimizning debyut goli jamoasiga 3 ochko taqdim etdi. Mazkur bahsda «Energetik-BGU» safidagi yana bir ham­yurtimiz Shahzod Ubaydullayev 65 daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, Doniyor Abdumannopov maydonga tushmadi. Aytgancha, Boburning 29-daqiqada urgan goliga aynan Shahzod assistentlik qildi. Yana bir ma’lumot: Abduxoliqov zaxiraga chiqishidan oldin sariq kartochka ham oldi.

Assistentlik bo‘yicha «dubl».

«Roma» Yevropa Konferensiyalar ligasi guruh raundini SSKA (Sofiya) ustidan qozonilgan 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Bu safar «bo‘rilar»ning boshlang‘ich tarkibiga kiritilgan Eldor Shomurodov garchi gol urmagan bo‘lsada, 2 bora assistentlik rolini qoyillatdi. Hamyurtimiz avvaliga Stefan al Shaaravi, keyin Temmi Abraxamni samarali zarba yo‘liga olib chiqdi. Shu bilan O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisining «Roma»dagi statistikasi yanada yaxshilandi - dastlabki 6ta rasmiy o‘yinda «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 5 ball (1ta gol va 4ta samarali uzatma). Umuman, SSKA bilan bahs Eldor uchun «Roma»dagi eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. «A» seriyaga kelsak, rimliklar 4-turda «Verona»ga bas kelolmadilar - 2:3. Shomurodov bunisida ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi, ammo 65-daqiqada zaxiraga olindi.

Eldor Shomurodov SSKA Sf. klubiga qarshi o‘yinda

Daqiqa - 90

Samarali uzatma - 2ta

Zarba - 4ta (2tasi aniq)

To‘pga teginish - 38 marta

Uzatma - 22ta (18tasi aniq, 82 foiz)

O‘tkir uzatma - 2ta

Dribling - 1 marta

Havodagi to‘p uchun kurash - 6 marta (samarasiz)

Yerdagi to‘p uchun kurash - 6 marta (barchasi samarali)

CHLda debyut.

«Sherif» hujumchisi Jasur Yaxshiboyev Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘ynagan o‘zbekistonlik (yoki fuqarolikka ega) yettinchi futbolchi bo‘ldi. Uning debyuti «Shaxtyor» (Ukraina)ga qarshi kechgan g‘alabali o‘yin (2:0)ga to‘g‘ri keldi. Mazkur bahsda «Sherif»ning boshlang‘ich tarkibidan joy olgan Jasur 67-daqiqada o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. Ma’lumot uchun, Yaxshiboyevdan oldin birinchi raqamli yevrokubok turniri asosiy bosqichida Maksim Shaskix («Dinamo» K. safida 45ta o‘yin), Vladimir Maminov («Lokomotiv» safida 26ta o‘yin), Oleg Pashinin («Lokomotiv» safida 17ta o‘yin), Ja’far Irismetov («Spartak» safida 4ta o‘yin), Sefer Aliboyev («Tavriya» safida 2ta o‘yin) va Nikolay Turchinenko («Tavriya» safida 2ta o‘yin) ishtirok etishgan. CHL asosiy bosqichida gol urish esa faqat Shaskix (11ta) va Maminov (2ta)ga nasib etgan. «Sherif» Moldova chempionati 10-turida «Zim­bru» maydoniga safar uyushtirib, 1:1 hisobini qayd etdi. Yaxshiboyev bu gal maydonda 70-daqiqagacha harakatlandi.

Haqiqiy jang, faqat...

Rossiya chempionati 8-turidan o‘rin olgan «Nijniy Novgorod» - «Arsenal» o‘yinida chinakam jang bordi. Biroq Ibrohimxalil Yo‘ldoshev to‘liq 90 daqiqa to‘p surgan bahsda mezbonlar 2:3 hisobida yengilishdi. «Ufa» esa «Ximki»ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatda uchratdi, faqat yarim himoyachi Oston O‘runovsiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:09, 21.09.2021.
O'qildi: 5278 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.