Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

2022 yilgi Jahon chempionati sabab Angliya futbolida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

2022 yilgi Jahon chempionati sabab Angliya futbolida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Baho:
+ | -

Tarixdagi boshqa Jahon kuboklaridan farqli ravishda kelayotgan musobaqa qishda o‘tkazilishidan xabaringiz bor. 2022 yilgi turnirning vaqti o‘zgartirilishiga asosiy sabab qilib, o‘tkaziladigan joy – Qatar iqlimining o‘zgacha ekanligi keltiriladi. Ya’ni Qatar, umuman Arabiston yarim orolida joylashgan mamlakatlarning yozi o‘ta issiq kelishi sabab, bu mavsumda futbol o‘ynash katta noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shu nuqtayi nazardan yangi Jahon chempionati noyabr oyining yarmida start olib, to dekabr yarmigacha davom etishiga kelishildi. Ha, bu vaqt Qatarda futbol uchun qulaydir. Ammo aynan mana shu paytda Yevropada, xususan Angliyada ichki chempionat qizg‘in pallasiga kirgan bo‘ladi. Xo‘sh, unda nima bo‘ladi, qanday yo‘l tutiladi? Quyida mana shu savolga javob olishingiz mumkin.

Keyingi yilgi jahon chempionati munosabati bilan Angliya futbolini taqvimlashda bir qator o‘zgarishlar qilinadi. Xususan, Angliya kubogi finali har doimgidan ancha kech, 3 iyun kuniga belgilanadi. APL klublari Qatardagi mundial sabab 2022 yilning 13 noyabridan to Yangi yil oldidan o‘tkaziladigan Boksing dey kunlariga qadar 6 haftalik dam olishga chiqishadi. Bu esa Londondagi barcha PL jamoalari yig‘ilishi oldidan klublarga taqvim zichligining to‘liq oqibatlarini ochib beradi. APL keyingi mavsumda o‘z odatiy vaqtidan 1 hafta oldin, 6 avgustda boshlanadi. Bunda klublar avgust so‘ngida, transferlar oynasi yopilishidan oldin hafta o‘rtasida hamda oktyabr oyida 5 tadan ko‘p o‘yin o‘tkazilishi belgilangan.

UYEFA esa o‘zining har uchta(YECHL, YL, YKL) turnirining guruh bosqich, 6 ta turini Jahon chempionati boshlanishidan ilgari(13 noyabrdan oldin) yakunlashni reja qilmoqda. Shuningdek, Angliya liga kubogidagi 16 talik uchrashuvlar ham 26 dekabrga qadar(APL qaytgungacha) o‘ynalishi kerak. Ushbu musobaqaning 4 raundi 18 dekabr(Jahon kubogi finali) hamda 26 dekabr(APL restarti) oralig‘ida o‘tkazilishi belgilandi. Shunga qaramay, Yevropaning gigant jamoalari Yangi yil arafasidagi Boksing deydan to mavsum oxirigacha kubok o‘yinlarini ham qo‘shib hisoblaganda 40 tagacha uchrashuv o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuni inobatga olgan holda, APLda turnir davomiyligi may oyining so‘nggi yakshanbasiga qadar, ya’ni yana 1 haftaga uzaytiriladi. Angliya kubogi finali esa 3 iyun kuni, YECHLning Istanbuldagi hal qiluvchi o‘yini(10 iyun)dan bir hafta oldin o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu o‘zgarishlar fonida taqvimning bunday tuzilishidan kelib chiqib, klublar sanksiyalarga duch kelishi mumkin. Negaki, bunday o‘zgarishlar klublar rahbariyatini jahlini chiqarmoqda. Ba’zilari esa, hatto jazoga tortilishidan qo‘rqmayapti ham. Ba’zilar esa buni noto‘g‘ri jarayon deb hisoblashadi. Xafsalasizliklarga qaramay, klub rahbarlari ushbu taklifga rozi bo‘lmasdan boshqa iloji yo‘q ekanini biladi. Chunki Superliga mashmashasidan ko‘plar o‘zi uchun xulosa olgan. Shunday ekan, klublar tomonidan bildirilayotgan e’tirozlar va ko‘tarilgan muammolar to‘g‘ri hal qilinishi lozim. Biz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:35, 22.09.2021.
O'qildi: 4385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.