Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: "Mavsum o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda"

Mirjalol Qosimov: "Mavsum o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda"

Baho:
+ | -

Superliga 20-turidan o‘rin olgan AGMK — "Surxon" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi o‘yin haqida fikr bildirdi.


"Qiziqarli va tomoshabop futbol guvohiga aylandik. O‘yinga hujumkor taktika tanlagandik va birinchi taymda ko‘plab golli vaziyatlar yaratildi. Biroq so‘nggi aniq zarbani yo‘llashda biroz omad yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda ham katta tashabbus bilan hujumga o‘tdik.

Shuningdek, bugun raqib posboni ham yaxshi harakat qilib, jamoasini ko‘plab gollardan qutqardi. Dastlabki golimiz offsayd tufayli bekor qilinganiga qaramasdan tezda yana hujumga o‘tib, nihoyat o‘z maqsadimizga erishib, muhim g‘alabani keltirgan golni urishni uddasidan chiqdik.

Mavsum o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Chiroyli o‘yin va g‘alaba uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. Bizni yana qiziqarli o‘yinlar kutmoqda. Kelasi uchrashuvlarga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, muxlislarimizni xursand qilishga astoydil harakat qilamiz", — deydi Qosimov.

Kiritildi: 23:35, 26.09.2021.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик