Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining yurtimizda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, jahon maydonlarida Vatanimizning sha’nini munosib himoya qiladigan matonatli sportchilarni tayyorlash borasidagi keng ko‘lamli sa’yi-harakatlar bilan bir qatorda xalqaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar qo‘mitaning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yuksilishiga xizmat qilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 29 sentyabr - 2 oktyabr kunlari Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi(IPC) prezidenti Endryu Parsons O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘ladi.

2017 yildan beri IPC prezidentligini bajarib kelayotgan braziliyalik Parsons janoblarining O‘zbekistonga ilk bor bo‘ladigan tarixiy rasmiy tashrifi doirasida bir qator uchrashuvlar, qisqa fursatda bunyod etilgan sport va madaniyat majmualari, mehmonxonalar hamda yaratilayotgan infratuzilmalar yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish belgilangan.

30 sentyabr kuni Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi(IPC) prezidenti Endryu Parsons ishtirokida Toshkentda «Yangi O‘zbekistonda – Paralimpiya xarakatini rivojlantirish» mavzusida kengaytirilgan konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif Dasturining asosiy mavzularidan yana biri Xalkaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Tashxodjayevning mamlakatimizda paralimpiya sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalar o‘tkazish hamda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining hamkorlik masalalari borasida rasmiy uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan.

Manba: Ўзбекистон Миллий паралимпия қўмитаси матбуот хизмати
Kiritildi: 21:13, 27.09.2021.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.