Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Fergyuson murabbiylik faoliyatida qaysi futbolchining transferini amalga oshira olmaganidan afsusda ekanini aytdi

Fergyuson murabbiylik faoliyatida qaysi futbolchining transferini amalga oshira olmaganidan afsusda ekanini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson qaysi futbolchini mankunianliklar safiga olib kela olmaganidan afsusda ekanini aytdi.

«Savolingizga javob berarkanman, xayolimga faqat bitta variant keldi. Bu — Pol Gaskoyn. U fantastik o‘yinchi edi. Agar uni qo‘lga kirita olganimizda, uning faoliyati a’lo darajada kechgan bo‘lardi. Uning faoliyati yaxshi chiqmadi, deya olmayman. Ammo biz bilan yanada yaxshiroq chiqqan bo‘lardi. Shubhasiz.

Jamoamizda Brayan Robson, Stiv Bryus va Bobbi Charlton kabi o‘yinchilar bor edi. Ser Bobbi uning uchun fantastik murabbiy bo‘lgan bo‘lardi. Chunki u ajoyib inson. Gaskoyn "MYU"ga o‘tishga va’da berib, ta’tilga yo‘l oldi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib menga qo‘ng‘iroq qilib, uning «Tottenxem» bilan shartnoma imzolaganini aytishdi. Chunki "shporlar" uning onasi uchun 94 ming yevroga uy sotib olib berishgan ekan. Men esa bunga ishonolmadim.

Sneyder? Uning nomini ko‘p bora biz bilan bog‘lashgan, ammo biz hech qachon Uesliga qiziqish bildirmaganmiz», — dedi Fergyuson.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:29, 28.09.2021.
O'qildi: 13732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.