Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda barcha terma jamoalarning bosh murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi.

Yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylar o‘z ishiga zamonaviy, rejali va bugungi kun jahon futbolidagi talablarga mos ravishda yondashishi zarurligi ta’kidlandi. Tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, murabbiylar shtabida esa doimiy ravishda taxlilchilar, seleksionerlar va to‘liq tibbiy tarkib bo‘lishi talab qilindi.

Bu borada murabbiylar kengashining tajribali vakillari hamda futbolimizning Mirjalol Qosimov, Ro‘ziqul Berdiyev kabi yetuk mutaxassislari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

«O‘FA murabbiylarga barcha sharoitlar taqdim qiladi va o‘z navbatida yuqori talablar ham qo‘yadi. O‘tkazilgan uchrashuvlar, bo‘lajak raqiblar, har bir futbolchining xatti-harakatlari sinchikovlik bilan o‘rganib chiqilishi va tahlil etilishi zarur.

Dunyo futboli bilan hamnafas bo‘lish, tahliliy va tanqidiy yondashib, o‘z ustida ishlagan holda natijalarni yaxshilab borish har bir murabbiyning vazifasi», dedi Ravshan Ermatov.

Yig‘ilishda shuningdek, bolalar-o‘smirlar va ayollar futbolini rivojlantirish, ichki chempionatlar nufuzini oshirish, turnirlarga futbolchilarni nafaqat jismonan, balki ruhan tayyorlab borish masalalari ham muhokama etildi.

Futzal terma jamoasining Jahon Chempionatidagi ishtiroki ijobiy baholandi. O‘z navbatida, futzalni yanada rivojlantirish uchun o‘yinchilar yetishtirib berishda alohida tizim yo‘lga qo‘yish, bu borada akademiyalar tashkil etish kabi takliflar bildirildi.

Mutaxassislar tomonidan oldinda turgan musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish rejasi ishlab chiqilib, barcha yosh toifasidagi jamoalar uchun tatbiq etish vazifasi qo‘yildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:35, 30.09.2021.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик