Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Sautgeyt jamoasining tayyorgarligi qay darajada?

Sautgeyt jamoasining tayyorgarligi qay darajada?

Baho:
+ | -

Dunyo bo‘ylab ko‘plab milliy chempionatlar ikki haftalik tannafusga chiqib, klublar o‘z futbolchilarini terma jamoalarga qo‘yib yubordi. Bu jarayon Yevropada ham yuz bermoqda. Jahon chempionati uchun saralash bosqichlari yakuniy pallasiga kirgan. Bunda top terma jamoalar o‘z futbolchilaridan maksimal foydalanishga harakat qilishadi. Jumladan, Angliya termasi ham.

Garet Sautgeyt qo‘l-ostidagi jamoa oktyabr oyida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Jahon chempionati saralash bahslarida qatnashish uchun yana yig‘ilishdi. Ularni bu siklda ikkita uchrashuv kutib turibdi. Biri Andorra, va yana biri Vengriyaga qarshi. «Uch sherlar» I guruhidan joy olgan bo‘lib, shu paytgacha 6 ta guruh bahsida ishtirok etgan va hech birida mag‘lubiyatga uchramagan. Shu sabab Sautgeyt shogirdlari 4 ochkolik farq bilan guruhda yetakchilik qilmoqda. Ular hozirga kelib, Qatardagi Jahon chempionati uchun yo‘llanma olishga juda yaqin turibdi. Ular shanba kuni bo‘ladigan Andorraga qarshi bahsda uch ochko to‘plasalar, bas. Keyingi o‘yin Vengriya bilan o‘z uyida kechadi va bu o‘yinda ham g‘alaba qozonilsa, foydadan holi bo‘lmaydi.

Bu safargi yig‘inda Angliya tarkibiga yangi futbolchilar qo‘shildi. Biri – «Milan» himoyachisi Fikayo Tomori. Sobiq «Chelsi» futbolchisi 2019 yildan beri ilk marta terma jamoaga jalb etildi. Yana biri esa, hamma uchun yaxshi tanish nom. Bu «Roma» futbolchisi Tammi Abraxam. U ham termaga Sautgeyt tomonidan qayta chaqirib olindi. 24 yosh hujumchi avgust oyida Joze Mourinyo jamoasiga borib qo‘shilgan edi. U allaqchon rimliklar safida 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2020 yilning noyabr oyidan beri ilk bor termaga jalb etilayotgan futbolchi bundan ikki yil oldin, faqat bir marta, Chernogoriya jamoasi darvozasiga gol urgan edi. Shuningdek, «Sautgempton» klubi yarim himoyachisi Jeyms Uord-Provs ham chaqiruv olgan. U «Lids» futbolchisi Kalvin Filips o‘rniga tarkibga jalb etildi. Filipsda boldir sohasida shikastlanish mavjud va davolanish kursini o‘tamoqda. Uning jarohati «Avliyo»lar sardori Uord-Provsga terma jamoa eshiklarini qayta ochib berdi. U Yevro-2020da Sautgeytning 26 talik tarkibiga kiritilmagan edi. Futbolchi «Chelsi» bilan kechgan bahsda qizil kartochka olib, maydonni tark etgan va jamoasi mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lgan.

«Chelsi» ustozi Tomas Tuxel jamoa futbolchisi Ris Jeymsni joriy saralash o‘yinlarida ishtirok etmasligini bildirdi. Chunki himoyachida jarohat mavjud. Sautgeyt, shuningdek, terma jamoaning eng tajribali futbolchilari Garri Maguayr, Trent Aleksandr-Arnold hamda Markuz Reshford xizmatlaridan ham foydalana olmaydi. Ularning barchasi turli xil darajadagi jarohatlar bilan kurashmoqda. Inglizlar ustozi bu safar «Borussiya Dortmund» futbolchisi Jyud Bellingem hamda «MYU» hujumchisi Meyson Grinvudni tarkibga jalb etmadi.

«Uch sherlar» hali-hamon Yevropa chempionatidagi Italiyaga mag‘lubiyatidan qolgan asoratlarni yengib o‘tmoqda. O‘tgan oyda Garetning shogirdlari 4-0 hisobida Vengriya hamda Andorrani mag‘lub etgan. Shundan so‘ng, Polsha bilan 1-1 hisobida durang qayd etgan. Xulosa qilib aytganda, Sautgeyt kuchli va intizomli terma jamoa shakllantira oldi. Ular hozirda istalgan raqibga bas kela oladi. Birdan bir muammo – tarkib o‘yinchilarida. Ularni jarohat deb atalmish tilsiz yo‘v ta’qib qilishda davom etmoqda.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:14, 07.10.2021.
O'qildi: 1586 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.