Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Madrid boylari! «Atletiko»ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari

Madrid boylari! «Atletiko»ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari

Baho:
+ | -

«Atletiko» Ispaniya La Ligasining amaldagi chempioni va so‘nggi bir necha yildagi liganing eng barqaror jamoalaridan biri. Diyego Simeone Madridda yaxshi o‘yin tuzilmasini qurishga muvaffaq bo‘ldi, shuning uchun «Real» va «Barselona» inqirozga uchraganda, uning futbolchilari imkoniyatni qo‘ldan boy berib, milliy chempionat oltin medallarini qo‘lga kiritishdi.

Shu bilan birga, mish-mishlarga ko‘ra, Simeone La Ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylardan biri bo‘lishiga qaramay, «matraschilar» odatda futbolchilarga «Real Madrid» va «Barselona»dan ko‘ra kamroq maosh to‘laydi. Masalan, Antuan Grizmann «Barsa» safidan «Atletiko»ga qaytishi uchun maoshini sezilarli darajada qisqartirishi kerak edi.

Hozir esa «Stadion.uz» nashri «Atletiko»ning eng ko‘p maosh oladigan 5 nafar futbolchisiga to‘xtaladi.

 

5. Joau FELIKS - haftasiga 165 ming funt

 

Yoshi: 21 yosh

Fuqaroligi: Portugaliya

«Atletiko» safida 2019 yildan o‘ynaydi

 

2019 yilning yozida «Atletiko» klub tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirdi va «Benfika»ning yangi yulduzi Joau Feliksga 127 million yevro sarfladi. Lissabon klubi lagerida hujumkor yarimhimoyachi 2018/19 yilgi mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazdi, 26 ta uchrashuvida 15 ta gol urdi.

Natijada, Feliks haftasiga 165 ming funt maosh bilan 2026 yilning yozigacha hisoblangan shartnomaga imzo chekdi. Hozirda portugaliyalik asosiy jamoada rotasiya o‘yinchisidir va hali Diyego Simeone jamoasi uchun strategik o‘yinchilar qatoriga kiritilmagan. Ba’zi tahlilchilar allaqachon «Atletiko»ni Feliksdek katta transferi uchun tanqid qilmoqdalar, lekin boshqalarning ta’kidlashicha, 21 yoshida siz Joaudan Messi yoki Ronaldu darajasida o‘ynashni talab qila olmaysiz. Tomonlarning qaysi biri haq ekanligiga faqat vaqt hukm qiladi, garchi Joau unga qo‘yilgan mablag‘ning yarmini ham qoplamagan bo‘lsa-da, uning Madriddagi katta maoshii reytingimizning kuchli beshligiga kirishga zamin yaratdi.

4. Yan OBLAK - haftasiga 271 ming funt

 

Yoshi: 28 yoshda

Fuqaroligi: Sloveniya

2014 yildan beri «Atletiko» safida o‘ynaydi

Sloveniyalik darvozabon Yan Oblak - «Benfika» akademiyasining so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta yutuqlaridan biri. Uning sotib olishi «matraschilar»ga 16 million yevroga tushgan. Lekin, hozir mazkur kiperni sotib olmoqchi bo‘lgan jamoalar kamida 100 million yevro, hatto undan ham ko‘proq to‘lashlari talab etiladi. Garchi, «Atletiko» rahbariyati asosiy darvozabon bilan xayrlashishga tayyorligini bildirsa-da, ushbu transfer amalga oshmaydi. O‘tgan mavsumda, Madrid jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritganida, darvozabon La Ligada eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabon bo‘ldi.

2019 yil aprel oyida «Atletiko» Oblak bilan yangi shartnoma imzoladi va tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yozigacha hisoblangan. Ma’lum bo‘lishicha, Yan Ispaniya poytaxti klubida haftasiga 271 ming funt oladi, bu darvozabonga klub ro‘yxatini o‘zgartirishni xohlamasligi uchun yetarli bo‘lmoqda.

 

3. KOKE - haftasiga 280 ming funt

 

Yoshi: 29 yoshda

Fuqaroligi: Ispaniya

2000 yildan beri «Atletiko»da o‘ynaydi

Koke - hozirgi «Atletiko»ning tirik afsonasi. «Matraschilar» akademiyasidan chiqqan, hozir esa sardori bo‘lgan futbolchi muxlislar tomonidan katta hurmat va muhabbatga ega. Kokening «Atletiko»ga boradigan yo‘li oson bo‘lmagan, lekin u klubdan yuz o‘girmagan va oddiy yechimlarni qidirmagan. Natijada, 2012/13 yilgi mavsumdan boshlab, yarimhimoyachi «matraschilar»ning asosiy ijrochisi bo‘lib, jamoaning La Ligadagi ikkita, Yevropa Ligasida ikkita g‘alabada va Chempionlar Ligasida ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib kelmoqda.

2014 yilning yozida, Koke «Atletiko»da maoshni ikki baravar oshirishga erishdi. Uch mavsumdan so‘ng yarimhimoyachi va klub yana futbolchi bilan yaxshilangan shartnomaga imzo qo‘ydilar. Endilikda Koke «Atletiko»da eng ko‘p maosh oladigan uchinchi futbolchi bo‘lib, haftasiga 280 ming funt maosh oladi. Uning «matraschilar» bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.

2. Luis SUARES - haftasiga 281 ming funt

 

Yoshi: 34

Fuqaroligi: Urugvay

«Atletiko»da 2020 yildan beri o‘ynaydi

Luis Suaresning «Atletiko»dagi faoliyati o‘tgan yilning kuzida, «Barselona»ga urugvaylik futbolchi kerak bo‘lmay qolgandan so‘ng boshlandi. «Atletiko» La Liganing 32 o‘yinida 21 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritishga yordam bergan faxriy futbolchining shartnomasini sotib olish uchun klubga atigi 7 million yevro yetarli edi. Uning Madriddagi debyut mavsumi Suarez uchun juda muvaffaqiyatli o‘tdi: u «ko‘k-anoranglilar» rahbariyatiga o‘zini erta hisobdan chiqarilganligini isbotlashga harakat qildi va buni uddaladi.

Mish-mishlarga qaraganda, Suares bilan shartnoma imzolash paytida «Atletiko» rahbariyati urugvaylik futbolchining shartlarini qabul qilishi kerak edi. Luisning sharti esa klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanish bo‘lgan. Shu sababli Suaresga jamoa sardori Kokening maoshidan ming funt yuqori maosh taklif qilingan. Yaxshiyamki, bu qaror jamoa ichidagi nizolarga olib kelmadi va Suaresning o‘zi Madridga nafaqat katta pul evaziga, balki haqiqatan ham jamoaning muvaffaqiyatiga yordam berish istagi bilan kelganini isbotladi.

 

1. Antuan GRIZMAN - haftasiga 297 ming funt

Yoshi: 30 yoshda

Fuqaroligi: Fransiya

«Atletiko» bilan 2021 yil avgust oyidan beri

Antuan Grizmann «Atletiko»da yaxshi besh yil o‘tkazdi va 2019 yilning yozida «Barselona»ga 120 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi. «Matraschilar» bunday puldan voz kechmadi va Antuan ham o‘zini Kataloniya poytaxtida sinab ko‘rish istagini bildirdi. Afsuski, Grizmanning «Barselona»dagi faoliyatida yaxshi bo‘lmadi: ikki yil ichida u faqat Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va 2021 yil avgustda «Atletiko»ga qaytdi. Madrid klubi Antuanni ijara shartnomasini bir yilga uzaytirish va keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga oldi. Qanday bo‘lmasin, lekin fransuz futbolchisining «Atletiko»ga to‘liq transferi summasi 40 million yevrodan oshmaydi, shuning uchun Madrid klubi rahbariyati futbolchini yana jamoaga qaytardi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, «Atletiko» Grizmanga «Barselona»dagi kabi maosh bermaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, Madrid jamoasiga qaytish uchun fransuz maoshini ikki baravar qisqartirishga majbur bo‘lgan. Bugungi kunda Grizmann «Atletiko»ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi, ammo uning daromadi haftasiga 300 ming funtdan oshmaydi, bu klub rahbariyati uchun o‘ziga xos «psixologik belgi» deyiladi.

 

Mahmudov Jamshidjon tayyorladi.

Kiritildi: 15:27, 08.10.2021.
O'qildi: 4088 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.