Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Millatlar ligasi finalida gigantlar to‘qnashuvi (intervyu)

Millatlar ligasi finalida gigantlar to‘qnashuvi (intervyu)

Baho:
+ | -

Ispaniya UYEFA Millatlar ligasi musobaqasining finalida Fransiya bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 10 oktyabr kuni Italiyaning Milan shahrida, «San-Siro» o‘yingohida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Fransiya finlaga Belgiyaga qarshi kombekdan keyin yo‘l oldi. O‘yinda Teo Ernandezning 90 daqiqada kiritgan goli fransuzlar g‘alabasini ta’minlagan edi. Yevro-2020ning nimchorak finalida musobaqani tark etgan Jahon chempionlari Lukaku va uning jamoasini alamli tarzda turnirni tark etishga majbur qila oldi. Ispaniya esa finalga amaldagi Yevropa chempionlarini yengib yetib keldi. Ular raqibining mag‘lubiyatsiz seriyasiga o‘z uyida nuqta qo‘ya oldi. Ikki finalchining so‘nggi bor katta turnirda uchrashuvi Yevro-2012da ro‘y bergan. O‘shanda Xabi Alonso terma jamoadagi 100-yubiley o‘yinida dubl qayd etib, fransuzlarni yer tishlatgan edi. Bu o‘yin, shuningdek, ispanlarning 2012 yilgi Yevropa chempionatidan keyingi birinchi katta turnir finalida ishtiroki bo‘ladi. Shunga qaramay, bu uchrashuvda javob topishi kerak bo‘lgan savollar bisyor. Ispaniya tarkibida qaysi futbolchilar Italiyaga qarshj bahsdan keyin formada emas? 17 yoshli Gavi finalda ham maydonga tushiriladimi? Ferran Torres olgan jarohatidan tuzalib, yana safga qaytadimi? Bunga final bahsi javob beradi.


Bugun «La Roja»ning o‘yin uslubi va falsafasi Luis Enrike tuzgan reja asosida ishlashi kerak bo‘ladi. Biz bunda Italiyaga qarshi birinchi 45 daqiqalikda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Ispaniya bilan Belgiyaga qarshi birinchi bo‘limda o‘yini umuman chiqmagan Fransiyani to‘qnashuvini guvohiga aylanamiz. Hujumdagi Mbappe, Benzema va Grizmann triosi daxshatli ko‘rinish olishi mumkin. Shundau bo‘lsada, Fransiya ustozi Desham jamoani muvozanatda saqlovchi «3-4-2-1» taktik sxemasidan foydalanishda davom etmoqda.

Har ikki jamoa murabbiylari o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis Enrike intervyu vaqtida shunday deydi: «Fransiya tarkibiga nazar solsangiz, ularning asosiy futbolchilari top klublarda faoliyat yuritishini bilib olasiz. Ularning umumiy tarkibi shubhasiz, dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilardan iborat. Ayniqsa, raqibimizning old chiziqdagi uchta futbolchisi super hujumchilar va istalgan bahsni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shunday bo‘lsa ham biz o‘z munosabatimiz va rejalarimizni o‘zgartirmaymiz. Biz Yevroda ham eng yaxshi jamoani mag‘lub qilgan edik. Hozir esa Jahon chempionlariga qarshi jangga tayyormiz. Men bu bahsni yutishni istayman. Bu xohish mening futbolchilarimda mendagidan kuchliroq».

Fransiya milliy jamoasi murabbiyi Didye Desham ham fikr bildirarkan: «Ispaniya futbolchilarini to‘pdan mahrum qilish ilojsiz ish. To‘pga egalik qilish raqib futbol falsafasining asosini tashkil qiladi. Siz ularga qarshi pressingda o‘ynashingiz mumkindir. Ammo bu oson bo‘lmaydi. Ular hatto kuchli bosim ostida ham to‘pga birdek egalik qila olishadi. Raqib Italiya bilan bahsda to‘psiz qolgan paytida pressingda o‘ynay oldi. Ular g‘alaba ruhiyatini ifoda etishdi. Bu o‘yindan keyin raqib futbolchilari juda xursand edi. Aynan mana shu kayfiyat keyingi kunga ham ko‘chishi mumkin. G‘alaba hammaga ishonch beradi. Ispaniya o‘z o‘yin uslubini yaxlitlay olgan jamoa. Futbolchilarimiz tajribaliroq, ammo bu bizga g‘alaba kafolatini bermaydi. Bizda g‘alabaga erishish uchun hamma narsa aniq ishlashi talab etiladi. Sovrin uchun Ispaniya bilan kurash, bizda kuzatilmagan jihatlardan biridir. Turnirni yutish uchun tarkibimizda hamma o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak. Shunda maqsadga yetish osonroq kechadi».

Millatlar ligasi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi. Uchrashuvni «Uzreport TV» jonli efirda namoyish etadi.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:10, 10.10.2021.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.