Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets UYEFA tomonidan Millatlar ligasi final bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Buskets final bosqichida Ispaniya terma jamoasi o‘yinini boshqardi. U o‘yinning borishini nazorat qildi va jamoadoshlarining o‘yiniga chiroy bera oldi", - dedi UYEFA texnik nazoratchisi Robbi Kin.