Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

«Nyukasl» egalari «MYU» futbolchilariga ega chiqmoqchi

«Nyukasl» egalari «MYU» futbolchilariga ega chiqmoqchi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubi bir necha kun oldin nafaqat Angliyadagi, balki Yevropadagi eng boy jamoaga aylandi. Klub Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi tomonidan 300 million funt-sterling evaziga «tag-tugi» bilan sotib olindi. Yuz millardlab mablag‘ga egalik qiluvchi saudiyaliklar, endilikda Nyukasl-apon-Tayn shahrida jahon darajasidagi klub barpo etish niyatida. Dunyoning eng kuchli va nomdor futbolchilar hamda murabbiylar yaqin kelajakda aynan mana shu klub uchun xizmat qilishi taxmin qilingan. Bunga oz qoldi. Keling, uzoq kelajakka emas, yaqin, qishki transferlar oynasini o‘ylab ko‘raylik. Klub ushbu savdo uchun mumaygina mablag‘ ajratilishi aytilmoqda. Bu pullarning bir qismi esa, «MYU» futbolchilarini olib kelishi uchun sarflanadi.


Saudiyaliklar klubga egalik qilishni boshlaganidan keyin «Nyukasl» bir emas, ikki emas, naq to‘rtta «Manchester Yunayted» futbolchisini yanvar oyidayoq tarkibga jalb etishni reja qilgan. «Qarg‘alar» o‘zlari uchun shu mavsum yarmidan boshlab «jahon darajasidagi» o‘yinchilarni tanlab olishni boshlashi kerak. Aynan shu maqsadda klub birinchilardan bo‘lib, «qizil iblislar» o‘yinchilariga «hujum uyushtirmoqchi». To‘rtta futbolchidan birinchisi bu – Donni Van de Bek. «Everton» ustozi Rafael Benitez avgust oyida niderlandiyalikni ijaraga olishga harakat qilib ko‘rgan edi. Ammo «MYU» murabbiyi Ole Gunar Sulsher ushbu bitim amalga oshishiga yo‘l qo‘ymadi. U bu borada xuddi «Arsenal» menejeri Arteta singari yo‘l tutdi. Mikel ham o‘z futbolchisi Meytlend-Naylzni «Everton» uchun sotilmasligini aytgandi.
Van de Bek yangi mavsum davomida «qizil iblislar» safida atigi uch marta maydonga tushirildi. Qolgan paytlarda u zahirada ushlab turildi. Uning klubga 39 million funt evaziga qo‘shilganiga hech aql bovar qilmaydi. Negaki, u bu qiymatga arziydigan o‘yin namoyish etgani yo‘q. Shunday qilib, u Manchesterda qolishni istayotganiga ishonchimiz komil emas. «Nyukasl» esa hozirda sobiq «Ayaks» futbolchisiga katta maosh taklif eta oladi.

Markaziy himoyachi Erik Bayi «MYU» safida foydalanilmayotgan futbolchilar ro‘yxatiga kirib qolganiga ancha bo‘lgan. Uning maydondan uzoqlashishi Rafael Varanning tashrifidan keyin yanada oydinlashgandi. Varan Maguayr bilan hamkorlikda o‘yin olib bormoqda. Bunday olib qaraganda, Bayi shunchalik «zahiralashib» ketganki, u hozirda to‘rtinchi tanlov sifatida e’tirof etiladi. Undan oldin yuqoridagi ikkisi va Viktor Lindelyof turadi. Xullas, u ham ketish uchun yaxshi taklif qabul qilishi mumkin.


O‘tgan mavsumning ikkinchi yarimda Londonda porlagan ingliz futbolchisi Jessi Lingard nyukaslliklarning uchinchi nishoni sanaladi. 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi anchadan beri «MYU»da asosiy tarkib futbolchisi maqomidan chiqarilgandi. «Vest Xem»ga borib kelgach esa, o‘zgardi. Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt ham Lingardning o‘yinlariga shaydo bo‘lgan va uni Qatarga olib ketishni maqsad qilgan. Londonliklar uni xarid qilishga harakat qildi, ammo kuchi yetmadi. «Nyukasl»ning esa qurbi yetishi aniq. Faqat, qish kelishini kutish qoldi, xolos.


Formasini tiklay olmayotgan Entoni Marsial «MYU»dan ketishga bir-necha bor chog‘langan futbolchilardan biri edi. Fransuzning ahvoli Krishtianu Ronalduning kelishi bilan yanada murakkablashgan. Mankunyanliklar hujumchisi uchun qishda taxminan 40 millionlik taklifni rad etmasligi aytilmoqda. Shunday qilib, Donni Van de Bek, Jessi Linagrd, Entoni Marsial va Erik Bayi kvarteti qishki oyna uchun sotuvga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlardir. Ularni «Nyukasl»ga sotish orqali «MYU» yaxshigina pul ishlab olishi mumkin. Biz yesa voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz...

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:04, 11.10.2021.
O'qildi: 5120 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик