Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Ferdinand varianti: "Nyukasl" uchun qaysi ingliz futbolchilar zarur?

Ferdinand varianti: "Nyukasl" uchun qaysi ingliz futbolchilar zarur?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubining afsonaviy futbolchilaridan biri Rio Ferdinand "Nyukasl" yaqin orada qaysi ingliz futbolchilari bilan bitim tuzishi maqbul degan savolga javob berdi. U Angliya terma jamoasi asosiy futbolchilari bo‘lgan Rahim Sterling, Deklan Rays va Jessi Lingardni nyukaslliklar uchun eng kerakli variantlar deb hisoblaydi. "Qarg‘alar" yaqinda o‘z egalarini almashtirishdi. Saudiyaliklarning 300 millionlik savdosidan keyin, klub tarixidagi Mayk Eshlining 14 yillik hukmronligiga barham berildi. Shundan keyin "Nyukasl" dunyodagi eng boy klubga aylanib qoldi. Klubga egalik qiluvchi "Saudiya Arabistoni ijtimoiy sarmoyalar fondi" jamg‘armasining umumiy boyligi 320 milliard funtga teng.
Bu degani, "Nyukasl" endilikda "Manchester Siti"dan o‘n barobar, "PSJ"dan esa ellik barobarga boyroqdir.

Klubning joriy bosh murabbiyi Stiv Bryusga iste’foga chiqarilishi tushuntirilgan. Ko‘plab nashrlar uning o‘rniga munosib nomzod sifatida Frenk Lempardni ko‘rsatishmoqda. Undan keyin esa jamoa asosiy e’tiborini kelayotgan transferlar oynasiga qaratadi. Rio Ferdinand aynan mana shu davrda klub uchun eng mos futbolchilar nomini keltirib o‘tdi. U o‘z YouTube kanalida bu haqda shunday deydi: "Men hozir bu klubga kimlar kelishi mumkin va kerakligini aytishga harakat qilaman. Bu xarid o‘ylaganimizdan kattaroq bo‘lishiga ishonchim komil. Bu borada birinchi variant sifatida Rahim Sterlingni keltirgan bo‘lardim. Sterlingning joriy klubidagi doimiy o‘rnini yo‘qolishi, uni jamoadan ketishiga asos bo‘la oladi. Yana biri esa Deklan Rays. O‘ylashimcha, "Nyukasl" bu o‘yinchini "Vest Xem"dan so‘rab olishi lozim".

Klub birdaniga bunday darajada boy bo‘lib ketgach, muxlislar Jahon chempioni Kilian Mbappe transferini haqida turli hazil aralash gaplar aytgandi. Ammo Ferdinand "PSJ" o‘yinchisi real hayotda "Nyukasl" uchun imkonsiz tanlovligini ta’kidlab, e’tiborni ko‘proq yosh ingliz futbolchilariga qaratish kerakligini bildirdi: "Mbappe – bu shunchaki utopik qarash. Ilojsiz ish. Lekin o‘zimizda, "MYU", "Siti" va "Chelsi"da olish mumkin bo‘lgan bir necha nomlar mavjud. Agar men yangi rahbariyat o‘rnida bo‘lganimda aynan ana shunday futbolchilarni qidirgan bo‘lardim. Yuqorida aytilgan ikkita futbolchini esa ro‘yxatim avvaliga joylashtirardim. Yana biri esa "MYU" asosiy tarkibiga kira olmayotgan Jessi Lingarddir. Siz mening fikrimni so‘ramagunizcha, men bu gaplarni aytmoqchi emasdim, ochig‘i. Mana shunday ro‘yxat shakllantirish kerak. Undan dunyo bo‘ylab yosh talantli yoshlarni yig‘ish ham joy olgan bo‘lishi lozim. Chunki aynan yoshlar tarkibni kuchli va chidamli qiladi.

 


Bilasizmi, yana kimlarni men tarkibga jalb qilar edim? Men o‘zimizning yoshlarni so‘rardim, yosh ingliz o‘g‘lonlarini. Mana masalan, Maks Aarons degan "Norvich" himoyachisi bor. 21 yoshli futbolchi. Yana Konor Gallager ham. U ham shu yoshda. Aynan shu va shu kabi yonib turgan yoshlarni topish va jalb qilish kerak. Ishonchim komil, bunday yoshlar klubga keladi. Men bu klub uchun yosh ingliz iqtidorlarini topish kerak deb bilaman. Negaki, "Nyukasl" ingliz klubi va men bu jamoa asosi yosh inglizlarda iborat bo‘lishi kerak deb hisoblayman".

"Nyukasl" yaqin yillar ichida mamlakat chempionligi uchun kurashishi taxmin qilingan. Bu uchun esa hozirdan harakat qilinishi kerak. Biz esa Angliyada yuqori o‘rinlar uchun kurashuvchi yana bir raqobatdosh jamoa shakllanishidan faqat xursand bo‘lamiz.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:51, 13.10.2021.
O'qildi: 2686 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.