Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Felish qachon Mbappe va Xoland bilan raqobatlasha oladi?

Felish qachon Mbappe va Xoland bilan raqobatlasha oladi?

Baho:
+ | -

«Atletiko» yarimhimoyachisi Joao Felish kelajakda dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi maqomi uchun hujumchi Kilian Mbappe (PSJ) va Erling Xoland («Borussiya Dortmund») bilan raqobatlasha oladimi, degan savolga javob berdi.

«Qo‘limdan keladi. Men hali o‘z imkoniyatlarimga to‘liq erisha olmadim.

O‘tgan bir necha mavsum davomida menda ko‘p jarohatlar bor edi, men butun mavsumni to‘liq o‘tkazmaganman.

Ammo o‘yin amaliyotim oshgandagina, men bu maqomga ega bo‘lishim mumkin deb o‘ylayman», deydi Felish.

«Atletiko» tarkibida Felish 2019/20 yilgi mavsumdan buyon o‘ynab kelmoqda va La Ligada 61 o‘yinda 13 gol urdi va 6 golga uzatma berdi.

Kiritildi: 07:14, 14.10.2021.
O'qildi: 2398 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик