Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

YECHL. Sterling, Zinchenko va boshqa futbolchilar sobiq jamoadoshlariga qarshi o‘ynashadi

YECHL. Sterling, Zinchenko va boshqa futbolchilar sobiq jamoadoshlariga qarshi o‘ynashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida Belgiyaning «Bryugge» klubi o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Uchrashuv 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur o‘yinga qadar belgiyaliklarning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

«Bryugge»ning ushbu mavsumdagi natijalari: 5 g‘alaba, 4 durang, 1 mag‘lubiyat. Oxirgi ikki uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlangan.

Klubning joriy mavsumdagi tourari Charles De Ketelaere hisoblanadi. Uning hisobida 4 liga goli mavjud. Undan keyin esa Noa Lang hamda Hans Vanaken borishmoqda (uchtadan gol).

Joriy mavsum shu aytga qadar qo‘lga kiritilgan eng yirik g‘alaba 15 avgust kuni "Zulte Varegam"ga qarshi o‘yinda qayd etilgan (4:0).

Ammo, oradan 14 kun o‘tib «Bryugge» joriy mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (1:6, «Genk»).

"Manchester Siti" ushbu mavsum allaqachon o‘tgan mavsum o‘tkazgan gollari sonini qayd etib qo‘ydi - 13 gol. Angliya chemionlari yettinchi bor APLda tengsiz deb toilgan bo‘lsa, oxirgi 4 mavsumda uchinchi bor ushbu unvonni qo‘lga kiritdi.

Bu «Siti»ning 11 marta YECHLda ishtirok etishi. Ular 2011/12 yilgi mavsumdan beri har yili guruh bosqichida qatnashishmoqda va shulardan sakkiztasida pley-off yo‘llanamsi qo‘lga kiritildi.

«Siti» Belgiya klublari darvozasiga 16 gol urgan va 4 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. 4 marta darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Barcha musobaqalarda «Siti»ning 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi (6 g‘alaba, 1 durang) YECHL ikkinchi turida PSJ klubiga qarshi bahsda yakunlandi (1:0).

Joriy mavsum «Siti»ning 26 goli 16 nafar futbolchi tomonidan kiritildi.

Oxirgi 4 mavsum Angliya Liga Kubogida g‘alaba qozongan «shaharliklar» 27 oktyabr kuni nimchorak final bahsi uchun "Vest Xem"ga safar qiladi.

Angliyada o‘ynagan futbolchilar:

Simon Minyole («Sanderlend») 2010-13, «Liverpul» 2013-19)

Uesli ("Aston Villa" 2019-21)

Kamal Sova («Lester» 2018-21)

Ouen Otasovi ("Vest Xem" yoshlari 2017, «Vulverxempton» 2017-21)

Joze Izkeredo («Brayton» 2017-21)

Jek Xendri (Uigan 2015-17, «Shryuyesberi» 2016, "MK Dons" 2016)

 

Birga o‘ynagan futbolchilar:

Simon Minyole, Rahim Sterling («Liverpul», 2013-15)

Uesli, Jek Grilish ("Aston Villa", 2019-21)

Eduard Sobol, Aleksandr Zinchenko ("Shaxtyor Donetsk", 2013/14)

Terma jamoada birga o‘ynaydigan futbolchilar:

Simon Minyole, Hans Vanaken, Charles De Ketelaere, Brandon Mechele & Kevin De Bryuyne (Belgiya)

Eduard Sobol & Aleksandr Zichenko (Ukraina)

Noa Lang & Natan Ake (Niderlandiya)

Ouen Otasovi & Zak Steffen (AQSH)

Manba: uefa.com
Kiritildi: 15:36, 14.10.2021.
O'qildi: 2774 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.