Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

YECHL. Musobaqa favoritlaridan biri - PSJ yoxud Messi, Neymar, Mbappe triosiga ega bo‘lgan klub haqida

YECHL. Musobaqa favoritlaridan biri - PSJ yoxud Messi, Neymar, Mbappe triosiga ega bo‘lgan klub haqida

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi asosiy favoritlaridan biri - PSJ klubi haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.

PSJ

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 8

Qanday yetib kelishdi: Fransiya vise-chempioni

O‘tgan mavsum: yarim final (mag‘lubiyat, umumiy 1:4 "Manchester Siti")

Yevrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: finalchi (2019/20)

Bosh murabbiy: Maurisio Pochettino

2019 yilda kutilmaganda «Tottenxem» bilan YECHL finaliga qadar yetib borgan mutaxassis joriy yilning yanvar oyida Tomas Tuxelning o‘rniga PSJ boshqaruviga keldi. Aytish kerak, Pochettino 20 yil oldin Parij klubida futbolchi sifatida ham faoliyat olib borgan. Qisqacha qilib aytganda, Maradonaning jamoadoshi Maurisio ayni vaqtda Messidan tashqari yana bir qator yuqori darajali hamyurtlari bilan ishlamoqda.

Asosiy o‘yinchi: Neymar

Parijdagi beshinchi mavsumini o‘tkazayotgan Neymar ayni kuchga to‘liq bo‘lib turibdi. Braziliyalik Fransiyaga kelganidan beri deyarli har mavsum chempionlikni nishonlamoqda va o‘tkazgan o‘yinlari va gol urish ko‘rsatkichlari bo‘yicha deyarli teng natija qayd etmoqda. Shu paytga qadar u PSJ safida 123 o‘yinda 88 gol va 54 assist muallifiga aylangan. Shu natija orqali ham uning jamoaga qanchalik samarali o‘yinchi ekanligini bilib olish mumkin. Joriy mavsumdan «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi bilan yana birlashgani, bu yil ham Fransiya klubining chempionlik uchun imkoniyatlarini oshirib yubordi.

Yozgi eng katta xaridi: Lionel Messi

Bu xuddi tushga o‘xshaydi, ammo 21 yil, 778 o‘yin va «Barselona» uchun 672 goldan keyin afsonaviy Messi qizil va ko‘k rangdagi boshqa jamoaning libosinin kiydi. Erkin agent sifatida PSJga kelib qo‘shilgan 34 yoshli argentinalikdan dahshatli hujum chizig‘ining boshqaruvchisi bo‘lishi kutilmoqda. Neymar, Mbappe, Di Mariya... Shunchaki super hujumkor tarkib!

O‘yinini ko‘rish kerak: Janluiji Donnarumma

Yevro-2020 musobaqasida Italiya bilan chempion bo‘lgan hamda Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan darvozabon yozgi transferlar oynasida PSJ bilan shartnoma imzoladi. Italiya terma jamoasining birinchi raqamli posboni yangi klubida asosiy tarkibdan o‘rin olishi uchun anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Bilasizmi?

O‘tgan mavsum chorak finalda PSJ «Bavariya»ni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Bu YECHL tarixida ilk bor finalchi, amaldagi chempionni pley-offda chiqarib yuborgani bilan yodda qoldi. Eslatib o‘tamiz, 2019/20 yilgi mavsum finalida myunxenliklar Parij klubini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

A guruhida "Manchester Siti", «Leypsig» va «Bryugge» bilan bitta kvartetdan o‘rin olgan Fransiya grandi ikki turdan keyin 4 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Ilk turda Belgiya jamoasi bilan 1:1 o‘ynagan Pochettino shogirdlari, ikkinchi turda APL chempionlarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Uchinchi turda jamoa Bundesliga vakilini qabul qiladi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 06:55, 15.10.2021.
O'qildi: 4005 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.