Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

APL. «MYU» va Ronaldu «Lester» maydonidan homush qaytadigan bo‘ldi

APL. «MYU» va Ronaldu «Lester» maydonidan homush qaytadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 8-turi doirasida «Manchester Yunayted» safarda «Lester» klubi mehmoni bo‘lib, alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Mankunianliklar 19-daqiqada Grinvudning goli evaziga hisobni ochishgandi, ammo oradan 12 daqiqa o‘tib maydon egalari Tilemansning goli orqali muvozanatni tiklashdi.

Bahsning so‘nggi daqiqalari gollarga boy bo‘ldi. Dastlab David de Xea ketma-ket 3ta seyvni amalga oshirib, darvozasini goldan qutqargandi. Biroq 78-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Suyunjyu "Lester"ni oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Reshford darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va hisobni 2:2 ko‘rinishga keltirdi.

Oradan bir daqiqa o‘tib "Lester" darhol chiroyli hujum tashkil qilib, Vardining goli evaziga yana oldinga o‘tib oldi. Ushbu gol "MYU"ni ruhan sindirib qo‘ydi. Natijada "tulkilar" qo‘shib berilgan daqiqalarda yana bitta gol urib, g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa, Sulsher jamoasining APLdagi g‘alabasiz o‘yinlar soni 3taga yetdi (ikki mag‘lubiyat va bir durang).

APL, 8-tur
Lester – Manchester Yunayted 4:2 (1:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 19 Grinvud, 1:1 – 31 Tilemans, 2:1 – 78 Seyundjyu, 2:2 – 82 Reshford, 3:2 – 83 Vardi, 4:2 – 90+1 Daka.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans (Vestergor, 88), Amarti, Seyundjyu, Kastan, Tilemans, Meddison (Peres, 73), Sumare, Vardi, Ixeanacho (Daka, 77).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Matich (Maktomini, 80), Pogba, Brunu Fernandesh, Sancho (Reshford, 65), Ronaldu, Grinvud (Lingard, 80).
Ogohlantirishlar: Lindelef (52), Uan-Bissaka (85), Pogba (86).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:21, 16.10.2021.
O'qildi: 5321 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.