Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yana bir inqirozning boshlanishi. “Manchester Yunayted”ga nima bo‘lmoqda?

Yana bir inqirozning boshlanishi. “Manchester Yunayted”ga nima bo‘lmoqda?

Baho:
+ | -

 Kecha “mankunianliklar” “Lester”ga qarshi premyer-liga doirasidagi navbatdagi tur uchrashuvini o‘tkazdi va mag‘lubiyatga uchradi. To‘g‘ri “qizil iblislar”ning raqibi kuchli jamoa edi. Lekin, Sulsher boshchiligidagi jamoada muammolar borligi ko‘rinib turibdi. Xo‘sh “Manchester Yunayted” oxirgi o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsata olmayotganining sabab nimada?   

Murabbiydagi muammo

“Manchester Yunayted” Ser Aleks Fergyusondan keyin o‘zlariga mos murabbiy topa olmadi. Fergyusonning merosi sifatida qaralgan Moyes jamoani cho‘ktirib yuborishiga sal qoldi. Mourinyoni aytmaganda, boshqa hech kim klub bilan yirik sovrin yuta olmadi. Ole ancha yaqin keldi, ammo finalda “Vilyareal”ni yenga olmadi. Norvegiyalik yaxshi murabbiy, lekin unda biroz tavakkalchilik yetishmaydi. Balki uning taktikasi shundaydir. Uning qo‘l ostida “qizil iblislar” ko‘proq natija uchun o‘ynamoqda, ammo buni ham eplay olmayapti. Ko‘p bor shu tufayli “mankunianliklar” ochko yo‘qotishmoqda. “Yang boyz” yoki “Everton”ga qarshi o‘yinlarni bunga misol qila olamiz. O‘tgan yili “Manchester Yunayted” irodali g‘alabalari bilan shonli davriga qaytadigandek ko‘ringan edi. Bu mavsum unday bo‘lmayapti.

Sulsherdagi yana bir kamchilik bu yosh iqtidorlarga kam o‘yin amaliyoti berishida. To‘g‘ri u Grinvudga ko‘p imkon bermoqda. Ammo so‘nggi yillarda jamoa tarkibida kamida yana 2-3 ta Meyson kabi futbolchi bor edi. Daniyel Jeyms va Eynjel Gomesni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Jeymsda o‘yin amaliyoti kamligi tufayli pasayish bo‘lganini hech kim rad eta olmaydi. Gomesni esa hali tanib ulgurmasimizdan yo‘qotdik. Uning kelajagi porloq bo‘lishi yoshligidan tahmin qilingan edi. Balki Sulsherga istefo berish vaqti kelgandir? Biz uchun afsonaviy klubning yana avvalga darajasiga qaytishi muhim. Chunki barcha futbol ishqibozlari buni istashsa kerak. Balki Zidan Oleni o‘rnini egallasa hammasi butunlay boshqacha bo‘lar?

Ronalduning ta’siri

Bu haqida gapirish g‘alati tuyilishi mumkin. Balki Ronalduning qaytishi jamoaga yomon ta’sir o‘tkazgandir? To‘g‘ri Krishtianu jamoa uchun ko‘p ishlar qila oladi. Uning goleadorlik qobiliyati tufayli klub kerakli ochkolarni qo‘lga kiritishi mumkin. Ammo, ba’zan bunday futbolchilarning jamoada paydo bo‘lishi boshqa futbolchilarga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Yaqqol misol sifatida Brunu Fernandeshni aytsak bo‘ladi. Portugaliya termasi o‘yinidagi Brunu bilan “Manchester”ga Ronaldu kelishidan oldingi Brununing o‘yinini solishtirib ko‘ring. Deyarli, Portugaliyaning o‘yinida ko‘zga tashlanmagan yarim himoyachi klubida umuman boshqacha o‘yin ko‘rsatar edi. Buning sabablari orasida Ronaldu faktori mavjud. “Manchester Yunayted” birinchi turda Lidsga qarshi o‘yinini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha bahsda Brunu daxshatli o‘yin ko‘rsatgan edi. U paytlar “qizil iblislar” Krishtianuni olib kelish haqida o‘ylamayotgan ham edi. Hozirgi Brununing o‘yini bilan osha paytdagisini farqi bor edi. Shunchaki, Ronalduning tarkibda paydo bo‘lishining o‘zi ba’zi futbolchilarga ta’sir qilmoqda. Bu haqida ko‘plab mutaxassislar ham fikr bildirishgan.

Buni inqiroz deb bo‘ladimi?

Umuman olganda Ole shogirdlari premyer-liga doirasidagi safar o‘yinlarida 29 bahsdan beri yengilishmayotgan edi. Ular qachondir mag‘lubiyatga uchrashi aniq edi va o‘sha mag‘lubiyat inqirozning boshlanishi deyish noto‘g‘ri bolardi. Lekin biz inqiroz deyishimizga bir nechta sabab bor. Oxirgi 8 uchrashuvning 3 tasida g‘alaba, 4 tasida mag‘lubiyat va 1tasida durrang o‘ynash yaxshi natija emas. Uning ustiga jamoa o‘sha 8 uchrashuvda 12ta gol o‘tkazib yuborishgan. Bu albatta grand jamoa uchun yomon ko‘rsatkich. Chempionlar ligasidagi va kubokdagi mag‘lubiyat o‘zidan darajasi past jamoalardan uchraldi. “Aston Villa” darvozasiga esa yo‘l topa olmagan Ole shogirdlari o‘sha o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishgan. Bu ketishda jamoaning yaqin kelajagida murabbiy almashish ehtimoli yuqori. Negaki tobora natijalar yomonlashib boraverishi davom etmoqda. Klubning tarkibi kuchli ammo ko‘rsatkichlar yomon. Balki bu inqirozning boshlanishidir?

“Manchester Yunayted”ni oldinda nimalar kutib turipti?

Sulsher shogirdlarini oldinda jiddiy bahslar kutib turipti. 20 oktyabr kuni “qizil iblislar” Chempionlar ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazadi. “Atalanta”ni o‘z uyida qabul qiladigan bahsdan so‘ng, “Liverpul” “Old Trafford”da mehmon bo‘ladi. Undan keyin “mankunianliklar” ikki bor mehmonda o‘yin o‘tkazadi. Avvaliga premyer-ligadagi uchrashuv “Tottenhem”ga qarshi bo‘lsa, keyin jamoa Italiyada “Atalanta” mehmoni bo‘ladi. Navbatdagi o‘yin esa Manchester derbisi. Demak Olega qiyin bo‘ladi. Klubni oldinda jiddiy sinovlar kutmoqda.

 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:27, 17.10.2021.
O'qildi: 7050 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.