Xabaringiz bor, Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turi doirasida «Ayaks» o‘z maydonida Dortmundning «Borussiya» klubini qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Makzur uchrashuvdan keyin dortmundliklar yetakchisi Marko Roys o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ayaks»da ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi va ularning aksariyatidan foydalana oldi. Birinchi gol mening aybim bilan yuzaga keldi. To‘p uzatishda noto‘g‘ri qaror qabul qildim. Shunga qaramay, Erlingda ham gol urish uchun juda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Nazarimda o‘yin juda ham ochiq o‘tdi va bugun «Ayaks» bizdan yaxshiroq edi.
Yetarli darajada shijoat ko‘rsata olmadik va shu yerda ekanligimizni bildira olmadik. Bugun biz uchun muammo va tasavvur qilganimizdan ko‘ra boshqacha bo‘ldi. To‘g‘ri so‘zlarni topish qiyin va o‘zimizga kelib olishimiz lozim. Ammo, «Ayaks»ning urgan gollari va yengil o‘yin ko‘rsatganiga yaxshilab e’tibor berishimiz kerak".
"Borussiya Dortmund" bosh murabbiyi Marko Rouz: "4:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan kuningiz doim yomon o‘tgan hisoblanadi. Birinchi bo‘limdan keyin tanaffusda yigitlarga o‘yinni yaxshi boshlaganimizni aytdim. Fakt shuki, «Ayaks» yaxshi jamoa va yaratgan vaziyatlari aniq edi. Lekin, bizning 2:0 dagi holatimiz, allaqachon 4:0 ga yutqazib bo‘lganimizni aytib turardi.
Chindan ham kuchli jamoaga qarshi o‘yinda uch yoki to‘rt marta xavfli vaziyatga ega bo‘ldik va uchinchisida yaxshiroq harakat qilganimizda vaziyat yaxshilanardi. Ularning darvozaboni shunchaki fantastik o‘yin ko‘rsatdi va «Ayaks» munosib g‘alabaga erishdi. Ular qayerda ko‘proq ishlashimiz kerakligini ko‘rsatib berishdi va bunga intilamiz".
«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag: "Albatta, jamoamdan juda ham faxrlanaman. Fantastik o‘yin namoyish etdik va ajoyib futbol o‘ynadik. Hujum qilishni istaydigan ikki jamoa uchrashganida, juda ham ochiq o‘yin bo‘ladi, xuddi bugun biz yutgan o‘yin kabi.
Bugun o‘yindagi asosiy vazifalarimizdan biri bu to‘pni yaxshi nazorat qilish edi. Bu borada o‘yinchilarimga gap bo‘lishi mumkin emas va juda ham ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Meni eng ko‘p xursand qilgan narsa - bu bosim qilgan uslubimiz. Ajoyib futbol bilan g‘alaba qozonganimizdan xursandman, biroq yana uch uchrashuvda maydonga tushishimiz kerak".
«Ayaks»ning sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart: "Bu balki ushbu stadiondagi eng yaxshi kechalardan biri bo‘ldi. Juda ham yaxshi klub - «Dortmund»ni yanchib tashlashdi. 90 daqiqa davomida etim jimirlab ketdi".
«Ayaks» yarim himoyachisi Stiven Bergeys: "Birinchi bo‘limda to‘p bilan juda yaxshi muomalada bo‘ldik. Ko‘plab vaziyatlar sodir etdik, yaxshi kombinasiyalar uyushtirdik va o‘yinga chuqur kirishdik. To‘pni tezda yo‘qotib qo‘ymaslik uchun harakat qildik, boisi agar shunday bo‘lsa tizgin ularning qo‘liga o‘tib ketardi. Uning o‘rniga uzoq vaqt to‘pni o‘zimizda ushlab turdik va bu ularni zaiflashtirdi".