Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

YECHL. «Barselona» - «Dinamo Kiyev». Uchrashuvga doir qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing

YECHL. «Barselona» - «Dinamo Kiyev». Uchrashuvga doir qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-tur doirasida «Barselona» Kiyevning «Dinamo» klubini qabul qiladi.

Uchrashuvdan oldin mazkur bahsga doir ma’lumotlarni taqdim etamiz.

«Barselona» guruhning dastlabki ikki o‘yinida «Bavariya» hamda «Benfika» jamoalariga 0:3 hisoblarida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi g‘alabasiz o‘yinlari sonini beshtaga yetkazib oldi. Bu ularning 1997 yildan beri YECHLdagi eng uzun g‘alabasiz seriyasi hisoblanadi.

«Dinamo» esa birinchi turda «Benfika» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi turga kelib Myunxen klubida 0:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ikkala jamoa hozirgacha joriy mavsum Chempionlar Ligasida gol urishni eplay olgani yo‘q.

 

Oldingi uchrashuvlar

Jamoalar oldin 12 marta to‘qnash kelishgan, ulardan oxirgi oltitasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan mavsum ham jamoalar guruh bosqichida uchrashishgandi. Kiyevda o‘tgan bahsda kataloniyaliklar javobsiz to‘rtta gol urishgan bo‘lsa, o‘z maydonidagi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

2009/10 yilgi mavsumda ham «Barselona» Ukraina jamoasini 2:0 (uyda), 2:1 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan va har ikkala bahsda ham Messi gol urgandi.

«Dinamo» 12 uchrashuvdan uchtasida «Barselona»ni mag‘lub etgan. Eng esda qolarlisi 1997/98 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O‘shanda Kiyev jamoasi uyda 3:0, Kataloniyada esa 4:0 hisoblarida g‘alaba qozongan va Andrey Shevchenko "Kamp Nou"da o‘tgan bahsda xet-trikni rasmiylashtirgan.

 

Oxirgi xabarlar

Barselona

«Barselona» yakshanba kuni o‘z maydonida «Valensiya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu jamoaning barcha musobaqalarda oxirgi 7 uchrashuvdagi ikkinchi g‘alabasi (2 durang, 3 mag‘lubiyat). 26 sentyabr kuni «Levante»ga qarshi La Liga o‘yinida ham «ko‘k-anorranglilar» g‘alaba qayd etishgandi.

Joriy mavsum Ronald Kuman jamoasi 10 o‘yinda 4 g‘alabaga erishgan (3 durang, 3 mag‘lubiyat).

Ansu Fati 2020 yilning noyabr oyidan beri birinchi bor yakshanba kuni «Valensiya»ga qarshi bahsda «Barselona»ning asosiy tarkibida ko‘rinish berdi va oxirgi 10-La Liga o‘yinida oltinchi golini kiritdi.

Jamoa yarim himoyachisi Pedri 29 noyabrda topshiriladigan "Oltin to‘p" uchun nomzodlar (top-30) ro‘yxatiga kiritildi.

Dinamo Kiyev

Viktor Tsigankov Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-turida yevrokuboklardagi 50-o‘yinini o‘tkazdi.

«Dinamo» joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini 22 sentyabr kuni Ukraina superkubogi uchun «Shaxtyor» bilan bahsda (0:3) qabul qilib oldi. Keyingi yagona mag‘lubiyat esa kelasi hafta Myunxeniing «Bavariya»siga qarshi bellashuvda (0:5) kuzatildi.

 

Taxminiy tarkiblar

Barselona - Ter Shtegen, Roberto, Langle, Pike, Alba, Gavi, Buskets, De Yong, Fati, Depay, Dest

Dinamo Kiyev - Boyko, Timchuk, Zabarni, Shabanov, Mikolenko, Sidorchuk, Shaparenko, Buyalski, Tsigankov, Penya, Garmash.

 

Yo‘qotishlar

«Barselona» safida Pedri, Breytueyt, Arauxo jarohat sabab maydonga tusha olishmaydi. Erik Garsiya esa diskvalifikasiya qilingan. Dembele yaxshi sport formada emas.

Mehmonlar tarkibida Ibrahim Kargbo, Vladislav Kulach, Artyom Besedin, Denis Popov va Vladislav Supriagada jarohat mavjud.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Klemen Tyurpin (Fransiya)

Qanot hakamlari: Nikolas Danyos, Kiril Grinkore (Fransiya)

Zaxira hakami: Jeremi Pinyard (Fransiya)

VAR: Delayo Villi (Fransiya)

VAR yordamchisi: Marko Di Biyello (Italiya)

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:17, 20.10.2021.
O'qildi: 3109 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.