Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Lopetegi: "Etarlicha vaziyatlar bo‘ldi, biroq jarima maydonchasida aniqlik borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ydik" (matbuot anjumani)

Lopetegi: "Etarlicha vaziyatlar bo‘ldi, biroq jarima maydonchasida aniqlik borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ydik" (matbuot anjumani)

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchinchi tur doirasida Fransiyaning «Lill» klubi Ispaniyaning «Sevilya» jamoasini qabul qildi va 0:0 hisobdagi durang natijani qayd etdi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan «Sevilya» vingeri Lukas Okampos o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Bugun qilgan ishlarimizdan g‘alaba qozonishimiz kerak edi, lekin buni bajara olmadik. Bir ochko ham yomon emas, lekin biz bundan ortig‘iga munosib edik. Ular mudofaada zich turib olishdi va yaxshi himoyalanishdi. Ammo, garchi vaziyatlarni yakunlay olmagan bo‘lsakda, ko‘plab imkoniyatlar yaratdik".

«Sevilya» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi: "Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, gol urishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. To‘pni yo‘qotganimizda ularda shunday vaziyat bo‘ldi va butun o‘yin davomida boshqasini eslay olmayman. Oldingi chiziqda iste’dodli futbolchilardan tashkil topgan xavfli raqibga qarshi juda yaxshi himoyalandik. O‘ylaymanki, yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi, biroq jarima maydonchasida aniqlik borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ydik.

Jamoa sifatida o‘ynadik va ularning iste’dodlarini ko‘rsatishi uchun imkoniyatlarini pasaytirishni uddaladik. Gol urishimiz uchun ko‘plab tanlovlarimiz bo‘ldi, lekin balki biroz xotirjamlikda oqsadik. Yakunda gol ura olmadik va ko‘plab iqtidorlari bor jamoaga qarshi gol ura olmasangiz, imkoniyatni boy berasiz. Bu Chempionlar Ligasi va Fransiya chempionatini yutgan jamoa.

Biz yaxshi mentalitet va yaxshi o‘yin namoyish etgan holda, raqiblarning imkoniyatlarini cheklab, aniqroq harakat qila olishimiz kerak. Bu guruhning so‘nggi o‘yinigacha amal qiladi. Bu guruhda kuchlar teng. Keyingi bosqichga chiqish uchun necha ochko kerak bo‘lishini bilmayman - faoliyatim davomida 7 ochko bilan ham pley-offga chiqqanman, lekin 11 ochko ham yetarli bo‘lmagan paytlar ha, bo‘lgan.

Bizda muammolar mavjud. Bu milliy terma jamoalar o‘yinida va o‘yinlar, sayohatlar to‘planish bilan sodir bo‘ladi. Karim Rekik va Markos Akunyani yo‘qotdik. Ularda muammolar bor. Kunde Fransiya tarkibida Ispaniyaga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan tiklanib ulgurgani yo‘q".

«Lill» sardori Joze Fonte: "Himoyada mustahkam harakat qildik, ammo vaziyatlar yaratishdagi texnik aniqlikda biroz oqsadik. Gol ura olmadik, lekin shunday ketishni saqlab qolamiz. Uchta o‘yinimz qoldi, pley-offga chiqish uchun kurashamiz. Uyda o‘ynaganingizda, ko‘proq harakat qilasiz, g‘alaba qozonish uchun gol urishni juda ham istaysiz. O‘tgan mavsumni qanday o‘tkazganimiz haqida o‘ylasak, biroz achinamiz. O‘tgan mavsumning kuchi va dinamikasini topish uchun ishlashda davom etishimiz kerak".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:09, 21.10.2021.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.