Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Kecha «Barselona» tutgan yo‘l haqida

Kecha «Barselona» tutgan yo‘l haqida

Baho:
+ | -

Kecha Chempionlar ligasining navbatdagi tur bosqichi yakuniga yetdi. Unda bir qator o‘yinlar o‘tkazildi. Ulardan biri «Barselona» hamda «Dinamo Kiyev» jamoalari o‘rtasidagi bahs edi. Vanihoyat, kataloniyaliklar Yevropa sahnida uzoq muddatli tanaffuslardan so‘ng, g‘alaba mazasini ta’tib ko‘rishdi. Avvalgi ikkita turda ketma-ket ravishda «Bavariya» hamda «Benfika»ga uchralgan yirik mag‘lubiyatlardan keyin, aytish mumkinki, Ronald Kumanning «Barselona»si o‘z uslubiyatiga bir qadar qaytib oldi. Bu fikrni faqat biz emas, balki jamoani oxirgi ikki yil ichida kim kuzatayotgan bo‘lsa, ularning hammasi aytishi mumkin. Ushbu o‘yindagi statistikaga qaraydigan bo‘lsak, «Barsa» raqib darvozasiga rosmana katta xavf tug‘dirganiga guvoh bo‘lasiz(exG ko‘rsatkichi 2,42). Jamoa bahs davomida bir nechta yaxshi vaziyatlar yarata oldi(5 ta o‘ta xavfli, umumiy 12 ta).

O‘yindagi vaziyatlar borasida, hatto raqib «Dinamo»ning o‘zi ham «Barselona» yordam berayotgandek ko‘rinardi. Darhaqiqat, ukrainaliklarning ishtiyoqi «Kamp Nou»dagi muhit sabab unchalik ham yuqori emasdi. Golda esa «eski firqa» vakillari o‘z ishini qilishdi. 32 yoshli Xordi Albaning kesib uzatgan to‘pini 34 yoshli Jerar Pike darvozaga joylab qo‘ydi. Yagona goldan keyin mezbonlarning imkoniyatlari asosan kross uzatmalar yoki jarim zarbalari orqali hosil qilindi. Uchrashuv yarmiga kelganda raqib hovurini bosib qo‘yish va himoyasini kuchsizlantirish uchun Kuman Koutinyo hamda Ansu Fatilarni maydonga tashladi. Siz bunda Fati fantastik o‘yin ko‘rsatib, uchtalab gol urib tashlashini tasavvur etishingiz va Ronaldinyo erasini eslashingiz mumkindir. Ammo amalda bunga yaqin ham kelinmadi.

Fatini maydonga tushirilish vaqti «Barsa» o‘z rangi, ko‘k va qizilga mos ravishda hamda qadriyatlardan kelib chiqib o‘yin ko‘rsata boshlagan paytga to‘g‘ri keldi. Qolaversa, natija o‘z tomoniga og‘ib turgan bir paytda, 18 yoshli hujumchi unchalik ham kuch sarflashni xohlamadi. U «Real»ga qarshi bahsga yaxshiroq formada yetib borishni istadi. Xuddi shu kabi, Ansuning qolgan jamoadoshlari ham o‘yinni shunchaki o‘ldirishga harakat qilishdi. Ularning maydondagi harakatlari buni yaqqol ifodalab berardi. Agarda raqib «Dinamo»da ishtiyoq yetarli bo‘lib, vaziyatga o‘zgartirishga rosmana harakat qilganida, «Barsa» jazolangan bo‘lardi. Kuman va uning jamoasi esa Kataloniya matbuoti tomonidan hozirda ancha og‘ir tanqidlarga mubtalo etilardi. O‘yinning ikkinchi bo‘limidagi eng qiziqarli vaziyat Fati bilan bog‘liq. U «Dinamo» darvozaboni Georgiy Bushanni o‘z jarima maydonchasi ichida dog‘da qoldirib, uning ustidan oshirma zarba berishga harakat qilib ko‘radi. Ammo harakat unchalik omadli bo‘lmadi. Shunga qaramay, mana shu voqea zerikarli o‘yinga biroz bo‘lsada qizg‘inlik baxsh eta olgandi.

Aytish mumkinki, «Barselona» o‘z kuchini hafta yakunidagi muhim bahsga tejadi. «Real» esa u yoqlarda «Dinamo»ning ashaddiy raqibi bo‘lgan «Shaxtyor»ni ayab o‘tirmadi. Shunga qaramay, kataloniyaliklar uchrashuvni yutmasalar bo‘lmasdi. Aks holda, so‘nggi yigirma yil ichida ilk bor YECHL guruh bosqichida qolib ketishi hech gap emasdi. Mana shu xavotir bilan Kuman kecha tizzasidan jiddiy jarohat olgan o‘smir yigitchani ham bahsga tashlashni lozim topdi. Nima bo‘lganda ham, Kuman agarda Barselona shahridagi ish joyini saqlab qolishni xohlasa, tarkibdagi futbolchilardan maksimal foydalanishga harakat qilishi lozim. Aks holda, Kuman jamoasini Yevropaning eng katta to‘qnashuvida(«el-klasiko») sharmandali mag‘lubiyat kutib turgan bo‘ladi.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:58, 21.10.2021.
O'qildi: 5791 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.