Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Mourinyo: "Roma"da atigi 13 futbolchi bor. Qolganlar boshqa saviyada"

Mourinyo: "Roma"da atigi 13 futbolchi bor. Qolganlar boshqa saviyada"

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Konferensiyalar ligasida Norvegiyaning "Budyo/Glimt" klubidan uchralgan shov-shuvli mag‘lubiyat (1:6) uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, biroq Rim jamoasini tarkibidan shikoyat qildi.

"Men ushbu tarkib bilan o‘ynashga qaror qildim, shuning uchun mas’uliyat mening bo‘ynimda. Sovuq havoda, suniy maydonda jamoada astoydil mehnat qilayotganlarga imkoniyat berish uchun yaxshi niyat qilgandim. Ko‘plab futbolchilarga dam berishga qaror qildim. Biz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgan jamoaga yutqazdik. Bu juda oddiy.

Agar doim bir xil tarkibda o‘ynay olganimizda, shunday qilgan bo‘lardim. Bu xavfli, chunki bizda o‘yinchilarning o‘rtasida katta sifat farqi bor. Men bu klubning imkoniyatlarini bilardim, bu men uchun yangilik emas edi, lekin baribir jamoamdan eng yaxshi o‘yinni kutgandim. Aytganimdek, bu tarkib bilan o‘ynash mening tanlovim, demak, bu mening aybim.

Imkoniyatlarimiz cheklanganligini hech qachon yashirmaganman. Bizda 13 nafar futbolchi bor, qolganlari boshqa darajada. Nega doim bir xil o‘yinchilardan foydalanishimni mendan hech kim so‘ramaydi. Sababini esa yuqorida aytib o‘tdim. Asosiy jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, joriy mavsumda ular ko‘proq ochko to‘plashdi va to‘g‘ri mentalitetni shakllantirishmoqda", - dedi Mourinyo o‘yindan so‘ng.

Manba: Sport-Box.ru
Kiritildi: 08:35, 22.10.2021.
O'qildi: 12557 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.