Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Xyuistra, Hasanov, Sekeyra, Yo‘ldosheva va Berdiyev ishlari qo‘mitalarga oshirildi

Xyuistra, Hasanov, Sekeyra, Yo‘ldosheva va Berdiyev ishlari qo‘mitalarga oshirildi

Baho:
+ | -1

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» – «Paxtakor» (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va keyinroq mezbonlar futbolchisi Jasur Hasanov unga nisbatan javob qaytardi.

Jasur Hasanov Piter Xyuistraga nisbatan juda qo‘pol fikr bildirdi. Bunda u shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi o‘xshatishdan foydalandi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu kabi haqoratlarni qoralaydi. Shundan kelib chiqib, Hasanov masalasi O‘FA Etika qo‘mitasiga oshirildi, deb xabar beradi O‘zPFL matbuot xizmati

Hasanovning bu hatti-harakatiga «Paxtakor» bosh murabbiyi tomonidan bildirilgan fikr sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi murabbiylar fikrini hurmat qiladi. Biroq bu borada ular chegaradan chiqmasliklarini so‘raydi. Shundan kelib chiqib, mehmonlar bosh murabbiyi ishi ham Etika qo‘mitasiga oshirildi.

Shuningdek, Coca-Cola Superliganing mazkur turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» – «Lokomotiv» (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi portugaliyalik murabbiy fikrlarini hurmat qiladi va har qanday holatda ham uni Reglamentga amal qilishga chaqiradi. Unga ko‘ra, uchrashuv hakamlarini tanqid qilishga cheklov qo‘yilmagan. Shunchaki, hakamlik masalasida xatolar kuzatilgan bo‘lsa, yozma ravishda shikoyat kiritilishi kerakligi va bu boradagi yo‘l-yo‘riqlar Reglamentda o‘z ifodasini topgan. Reglamentning 18.19-bandidan kelib chiqib, Sekeyra ishi intizom chorasi qo‘llash uchun Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan «Andijon» – «Nasaf» (1:1) uchrashuvi davomida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Reglamentga zid bo‘lgan qator hatti-harakatlarni amalga oshirgan. Komissar bildirgisiga asosan, «Nasaf» ustozining hatti-harakatlariga Tartib-intizom qo‘mitasi baho beradi.

Ayollar Oliy ligasining 20-turidan o‘rin olgan «Paxtakor-W» — «Navbahor-W» uchrashuviga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar uchrashuvni yakunlamay, maydonni tark etgan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL jamoa bosh murabbiyi Karima Yo‘ldoshevaning lisenziyasini vaqtincha bekor qildi va uning hatti-harakatlarini Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum avvalida «2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti»ni taqdim etgan. Sizda Reglament matni bilan elektron tanishish imkoniyati mavjud. Biz futbol murabbiylarining fikr-mulohazalarini hurmat qilamiz. Shu bilan birgalikda, ular fikr bildirayotganga yoki biror hatti-harakatni amalga oshirayotganda etika normalaridan chetga chiqmasliklarini talab etamiz. Reglament oldida barcha birdek javobgar ekanligi unutilmasligi shart.

Manba: ЎзПФЛ
Kiritildi: 16:35, 26.10.2021.
O'qildi: 5923 marta.
Fikrlar: 45 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик