Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Allegri: «Hozirda «Yuventus» oldingiga nisbatan kamroq qiynalmoqda»

Allegri: «Hozirda «Yuventus» oldingiga nisbatan kamroq qiynalmoqda»

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Sassuolo»ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Sassuolo» yaxshi futbol o‘ynaydigan jamoa hisoblanadi. Ularning texnik mahoratga ega yaxshi futbolchilari bor. Alessio Dionisi A Seriyadagi ilk yilida yaxshi murabbiy ekanligini isbotlamoqda. U Empolida yaxshi natija qayd etdi va g‘alaba qozonish oson emas. Ertaga (kecha aytilgan) biz uchun muhim bahs va yigitlar biz g‘alaba qozonishimiz lozimligini bilishadi. Mavsum boshida yo‘qotgan ochkolarimiz endi katta xatolar qilishimizga imkon bermaydi. Ertaga, o‘yinda muvozanat o‘rnatish uchun maydonning barcha qismini o‘z qo‘limizga olishimiz kerak. Ham jismonan, ham taktik jihatdan.

"Mattia Perin, Matteys de Ligt, Paulo Dibala va Federiko Keza, bularning hammasi ertangi bahsda qatnashishadi. Adrian Rabyo tuzalib qaytdi, ammo Federiko Benardeski va Moyze Kinni yo‘qotdik. Manuel Lokatelli hamda Artur yarim himoyada o‘ynashga imkoniyatlari yetarli, balki Artur maydonning ikkala qismida chuqur o‘ynay oladigan pley-meyker vazifasini ham bajarishi mumkin. Federiko Keza xalqaro darajadagi o‘yinchi hisoblanadi. U - «Yuventus»ning asosiy futbolchisi".

Kayo Jorjning o‘sishi haqida

"Kayo Jorj ertangi bahsni asosiy tarkibda boshlay olmasligi mumkin, ammo u allaqachon texnik jihatdan yaxshi o‘yinchi ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. Uning shaxsiyati bor, u o‘zi qatnashgan ikkala o‘yin - derbi va "San Siro"dagi bahslarning oxirgi daqiqalarida buni isbotladi. Jarohatidan keyin u qattiq ishladi va rivojlanmoqda, u faoliyati davomida yuqori saviyali o‘yinchi bo‘la oladi. Uning aqliy salohiyati yuqori va futbolni qanday o‘ynash kerakligini biladi".

"San Siro"dagi durang haqida

"Jismoniy jihatdan «Inter»ga qarshi bahsda o‘yinni qiyin ahvolda yakunladik. «Inter»ga qarshi juda muhim o‘yinni o‘tkazdik. Deyan Kulusevski o‘yinda 60 daqiqa yaxshi harakat qildi va shu suratda o‘ynashni saqlab qolishi kerak. Marselo Brozovich unga qarshi zich o‘ynadi. O‘yinning oxirgi oralig‘ida hammaning o‘yinida umumiy o‘sish bo‘ldi va bu o‘zgarishlar qilishga imkoniyat berdi. Hozirda jamoa oldingiga nisbatan kamroq qiynalmoqda. Kelajak uchun yangi istiqbol va g‘oyalar mavjud", - deya fikrini ya’kunladi Massimiliano Allegri.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionati 10-turidan o‘rin olgan «Yuventus» hamda «Sassuolo» jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 boshlanishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda, musobaqada turinliklar 15 ochko to‘plagan holda oltinchi, «Sassulo» esa 1-o‘rinda bormoqda. Uning hisobida 11 ball mavjud.

Manba: juventus.com
Kiritildi: 11:15, 27.10.2021.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.