Kirish Ro'yxatdan o'tish

AIBA atletlar qo‘mitasi saylovi uchun nomzodlarni e’lon qildi, ular orasida Bahodir Jalolov ham bor

AIBA atletlar qo‘mitasi saylovi uchun nomzodlarni e’lon qildi, ular orasida Bahodir Jalolov ham bor

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

AIBA atletlar qo‘mitasiga saylanishi mumkin bo‘lgan 27 nafar nomzod bokschi nomini e’lon qildi.

Quvonarlisi, nomzodlar qatorida hamyurtimiz, Tokio Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni Bahodir Jalolov ham bor.

Ushbu 27 nafar sportchi ichidan 10 nafar nomzod a’zolikka saylanadi. Jahon chempionatida qatnashayotgan har bir bokschi ushbu jarayonda ovoz berish huquqiga ega. Saylovlar yashirin ovoz berish jarayonida aniqlanadi.

Osiyo mintaqasidan Bahodirdan tashqari Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston), Avays Ali Xan (Pokiston) va Shiva Tapa (Hindiston) nomzodi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Kiritildi: 08:31, 28.10.2021.
O'qildi: 2604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.