Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

«Milan»dagi Maldinilar sulolasi

«Milan»dagi Maldinilar sulolasi

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda futbolchilar sulolasini har doim ham uchratavermaysiz. Lekin ular mavjud va bugun biz Maldinilar oilasi haqida to‘xtalishga qaror qildik. Tez orada siz Maldini familyasini yanada ko‘proq eshita boshlaysiz. Chunki 20 yoshli Daniel milanliklarning asosiy tarkibiga kirib bormoqda.

«Rossoneri» akademiyasi bitiruvchisi sifatida mashhur otasi kabi yosh yarim himoyachi ham asta-sekin Stefano Pioli ishonchini qozonmoqda. Daniel «Milan»dagi Maldinilarning uchinchi avlodi vakili hisoblanadi. Bu hikoyaning boshlanishi 1954 yilga borib taqaladi.

Chezare Maldini

1953 yilda 21 yoshli himoyachi Chezare Maldini «Triyestina» tarkibida debyut qildi. Bir yil o‘tgach, u «Milan»ga ko‘chib o‘tdi va u yerda eng nomdor futbolchilardan biriga aylandi. Maldini «rossoneri» safida 12 mavsum o‘tkazdi va 6 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, 1957 yilda bekor qilingan Lotin kubogi.

Chezare bilan «qizil-qoralar» 4 marta mamlakat chempioni bo‘lishdi, shuningdek, Italiya klublari orasida birinchi bo‘lib Chempionlar kubogini qo‘lga kiritdi. Bu vaqtga kelib himoyachi allaqachon jamoa sardori edi. Maldini Italiya terma jamoasi safida bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yin o‘tkazdi, lekin u yerda ham yetakchi bo‘lib, sardorlik bog‘ichini olishga muvaffaq bo‘ldi. 1962 yilgi Jahon chempionati terma jamoadagi futbolchi uchun yagona turnir edi.

Chezare «Milan» safida 347 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. Faoliyati tugashidan oldin Maldini «Torino»da yana bir mavsum o‘tkazdi va u yakunlangach, «rossonerilar» murabbiylar shtabiga qo‘shildi. U yerda u dastlab afsonaviy Nereo Rokkoga yordam berdi, u katenachcho taktik sxemasining ixtirochisi hisoblanadi. 1972 yilda Chezarening o‘zi «qizil-qoralar»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida «rossoneri» 2 yil ichida Kubok egalari kubogi va Italiya kubogini qo‘lga kiritdi. Keyinchalik italiyalik texnik direktor lavozimida ishlay boshlagan.

Maldini murabbiylik faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyatga Italiya yoshlar terma jamoasi boshchiligida erishdi va u bilan 3 marta Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Faoliyati davomida Chezare «Fodjiya», «Ternana», «Parma», shuningdek, Italiya va Paragvay terma jamoalarini boshqargan va ular bilan hech qanday sovringa ega chiqmagagqn. Chezare Maldini 2016 yilning 3 aprelida 85 yoshida vafot etdi. Keyin, 2016 yilda u Italiya futboli shon-sharaf zaliga, undan oldin esa Milan shon-shuhrat zaliga kiritildi. «San-Siro» stadioni yaqinidagi bog‘ Chezare Maldini nomi bilan ataladi.

Paolo Maldini

Maldinilar sulolasining ikkinchi vakili butun futbolchilik hayotini Milanda o‘tkazadi. Paolo «rossoneri»lar akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 31 yilni qizil-qoralar tarkibida o‘tkazgan. Dastlab, Maldini «Milan»da himoyaning o‘ng qanotida o‘ynagan, ammo uni tezda chap qanotga o‘tkazishgan. Paolo jamoa safidagi debyutini 1985 yilning 20 yanvarida «Udineze»ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. O‘shanda futbolchi 16 yoshu 208 kunlik edi. U A Seriyada debyut qilgan «Milan»ning eng yosh futbolchisiga aylandi. Bu rekord bugungi kungacha ham yangilangani yo‘q.

Paolo uchun kashfiyot mavsum 1987/88 yilgi mavsum edi. O‘shanda Maldini «Milan»ning asosiy himoyachisiga aylandi va «rossoneri» bir mavsumda atigi 14 ta gol o‘tkazib yubordi. Klubdagi yaxshi o‘yinlari tufayli futbolchi Italiya terma jamoasiga chaqiruv oldi va u 1988 yil 31 martdan nafaqaga chiqqunga qadar terma safida o‘ynadi. Paolo terma jamoa safida 126ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol urgan. Italiyalik «skuadra» bilan birgalikda 1990 yilgi jahon chempionatida 3-o‘rin, 1994 yilgi jahon chempionatida 2-o‘rin va Yevro-2000da 2-o‘rinni egallagan. Maldini yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ham 2-o‘rinni egalladi. Afsonaviy himoyachi terma jamoa bilan burgalikda sovrin yuta olmagan.

Futbolchi «Milan» safida A Seriyada 647 ta, barcha musobaqalarda esa 902 ta o‘yin o‘tkazgan. Paolo «rossonerilar» safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha otasining rekordini yangilagan.

U «Qizil-qoralar» bilan birgalikda 7 marta Italiya chempionati, 5 marta Italiya Superkubogi, bir marta Italiya kubogi, 5 marta Yevropa kubogi/CHempionlar ligasi, 4 marta UEFA Superkubogi, 2 marta Qit’alararo kubokda 1 marta g‘alaba qozongan.

Maldini «Milan»ning Yevrokuboklardagi o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchisi hisoblanadi(168). Shuningdek, jahon chempionatida (23) qatnashish bo‘yicha Italiya rekordchisi hisoblanadi. Paolo 2009 yilda faoliyatini yakunlandi.

Daniel Maldini

Maldini avlodining uchinchi vakili «Milan»dagi yo‘li endigina boshlamoqda, ammo u haqida allaqachon iliq fikrlar paydo bo‘la boshladi. Daniel Paoloning kenja o‘g‘li. Kattasi Kristian futbolchilik faoliyatini «Milan» akademiyasida boshlagan, ammo 25 yoshida u ko‘plab klublarni o‘zgartirgan. Hozir yigit C Seriyada «Pro Sesto»da o‘ynamoqda. Danielning kelajagi hali umidliroq 20 yoshli yarim himoyachi asosiy tarkibida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan. Bundan tashqari, futbolchi 2019 yildan beri Italiyaning turli yosh toifalari terma jamoasida to‘p surmoqda.

Daniel 2020 yilning 2 fevralida «Verona»ga qarshi o‘yinda «Milan» safida A Seriyagi debyutini o‘tkazdi. To‘g‘ri, o‘shanda Maldini atigi 1 daqiqani maydonda o‘tkazdi. 2020/21 yilgi mavsumda futbolchi nafaqat milliy chempionatda, balki yevrokuboklarda ham o‘ynay boshladi. A Seriyaningning joriy mavsumida yarim himoyachi birinchi marta «rossoneri»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bu 25 sentyabr kuni «Spesia»ga qarshi o‘yinda sodir bo‘ldi. Shu kuni italiyalik «qizil-qoralar»ning asosiy tarkibidagi ilk va hozircha yagona golini urdi.

Daniel A Seriyada otasi «Milan» darvozasiga so‘nggi golni urganidan 13 yil 179 kun o‘tib, bobosi esa «rossonerilar» uchun so‘nggi golni urganidan 60 yil 22 kun o‘tib gol urdi.
Shu tariqa, Daniyel Italiya chempionatida «qizil-qoralar»ning asosiy tarkibiga kirib, gol urgan Maldinilar sulolasining uchinchi futbolchisiga aylandi.

Milanning hozirgi ustozi Stefano Pioli kelajakda yigitning jamoaga katta foyda keltirishiga ishonmoqda. Mutaxassis intervyulardan birida yarim himoyachi ancha texnik va o‘yinni yaxshi o‘qishini ta’kidladi.

Yosh yarim himoyachining «San-Siro»da qancha vaqt qolishini taxmin qilishga hali erta, ammo hozircha «Milan» va Maldinilar oilasi o‘rtasidagi munosabatlar tarixi juda chiroyli bo‘lib qolmoqda.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 16:25, 28.10.2021.
O'qildi: 2997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.