Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Bahrom Haydarov: «Lutfulla To‘rayev bugun o‘ynamagani jamoamizga yengillik berdi»

Bahrom Haydarov: «Lutfulla To‘rayev bugun o‘ynamagani jamoamizga yengillik berdi»

Baho:
+ | -

Coca Cola O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Surxon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Har doim kubok o‘yinlari shu kabi shiddat bilan o‘tadi. Keyingi bosqich yo‘llanmasi bitta o‘yin orqali hal bo‘lishi o‘ziga yarasha bosim yuklaydi. “Bunyodkor”ga qarshi safardagi o‘yin qiyin o‘tishini bilardik. Bugun ishqibozlarga yoqadigan tomoshabop bellashuv bo‘ldi. Birinchi bo‘limda gol o‘tkazmaslikka harakat qilgandik. Afsuski, xato evaziga mezbonlar darvozamizga to‘p kiritishdi. Ikkinchi bo‘limda oldinga chiqishga majbur bo‘ldik. Ikkinchi taymda birinchisidan ko‘ra vaziyatlarimiz ko‘proq bo‘ldi. Hatto hisobni tenglashtirishimiz ham mumkin edi. “Bunyodkor” jamoasini yarim final yo‘llanmasi bilan tabriklayman! Kubok bahsi bir o‘yindan iborat. Agar chempionat doirasida bo‘lsa, 1 ochko uchun ham o‘ynaladigan uchrashuvlar bo‘ladi. Hozir bizga chempionatda har bir ochko suv va havodek zarur. Kubok o‘yinida hisobga qarab o‘ynadik. Zaxira vakillarimiz ham o‘yinni kuchaytirdi. Lutfulla To‘rayev bugun o‘ynamagani nafaqat yarim himoyamizga, balki butun jamoamizga yengillik berdi. Baribir ushbu mavsumda Lutfulla To‘rayev o‘yinni boshqaryapti, uni o‘ynovchi murabbiy sifatida ko‘rsatsa to‘g‘ri bo‘ladi. Bu kabi futbolchilar jamoada murabbiylarga yaqindan yordam beradi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:25, 28.10.2021.
O'qildi: 2101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.