Kirish Ro'yxatdan o'tish

MOQ raisining Namangandagi safari bugun ham davom etdi

MOQ raisining Namangandagi safari bugun ham davom etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov viloyat Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘ldi. Sherzod Rixsibayevichga tashrif davomida Namangan viloyati Turizm va sport boshqarmasi mutasaddilari, viloyat OZK rahbariyati hamrohlik qildi.

MOQ raisi o‘rinbosari o‘rganishlari davomida kollejda o‘qiyotgan yosh sportchilar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni haqida suhbatlashdi. Ushbu o‘quv-maskani ham terma jamoalarimizga bir qator iste’dodli yoshlarni yetkazib bergan bo‘lib, kelajakda ham u yerda tahsil olgan iqtidor egalari jahon arenalarida porlashi kutilmoqda.

Sherzod Tashmatov xulosa o‘rnida zamonaviy metodikalar bilan ishlash, mashg‘ulotlar jarayonida innovasion yondashuvlarga ko‘proq ahamiyat qaratish kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Kiritildi: 20:29, 29.10.2021.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.