Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Avtogol o‘rniga burchak zarbasi

Avtogol o‘rniga burchak zarbasi

Baho:
+ | -

AQSH futbolida chiroyli avtogol bekor ketdi: hakamlar vaziyatni naq 3 daqiqa muhokama qilishdi va referi yakunda burchak to‘pi tepilishi kerakligini ko‘rsatdi. Qanaqasiga? Shunaqa bo‘lishi mumkinmi o‘zi? Gol.ru saytining quyidagi maqolasi ayni hisobga olinmagan avtogol haqida.

Gap USL doirasidagi «Mayami» - «Pittsburg» o‘yinida yuzaga kelgan vaziyat haqida ketmoqda. Bu uchrashuv 0:0 hisobida tugadi. Vaholanki, darvozalardan biriga to‘p kirdi, ammo hakamlar oxir-oqibat, gol (aniqrog‘i, avtogol)ni bekor qilishdi. Ayni shu holat AQSH futbolining tur kuni kuzatilgan asosiy voqeligi bo‘ldi. Tafsilotlarga to‘xtalsak, «Mayami» futbolchilari maydonning o‘zlariga tegishli yarmida jarima zarbasi ishlashdi. Shunda himoyachilardan biri to‘pni sherigiga uzatdi, u esa darvozabonga, faqat noqulay tarzda. Xullas, yakunda to‘p darvoza to‘riga tushdi. Referi avvaliga avtogol qayd etdi. Har doim shunday bo‘lgan. Tabiiyki, «Mayami» vakillarining reaksiyalarini tushunish mumkin. O‘zi futbolda darvozabonning bunday xatosi uchrab turadi. Misol uchun, «Lester»ning uelslik kiperi Denni Uord yaqindagina oddiy holatda, soddagina uzatmaga to‘g‘ri reaksiya bildirolmay, to‘pni o‘z darvozasi ichiga kiritib yubordi. Yevro-2020da esa Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Unai Simon maydon markazidan uzatilgan to‘pni to‘xtatolmay qoldi.

Qarangki, «Mayami» - «Pittsburg» uchrashuvidagi shunday kulguli avtogol hisobga olinmadi. Hakamlar chamasi 3 daqiqa o‘zaro maslahatlashib, yakunda burchak zarbasi belgiladilar. «Pittsburg» bosh murabbiyi Bob Lilli o‘yin tugashi hamono hakamlar brigadasi qarorini tushunmaganini ta’kidladi:

«Qiziqarli holat. Referi to‘pga birinchi teginish natijasida avtogol yuzaga kelgani uchun uni hisobga olmaganini aytdi. Lekin boshqacha bo‘lganini hammamiz ko‘rdik-ku. Hattoki, «Mayami» murabbiyi Pol Dalglish ham golni tasdiqladi. Eh, chiroyli avtogol edi...».

Muhim ma’lumot: futbol qoidalariga ko‘ra, o‘yinchi jarima zarbasidan keyin to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z jamoasi darvozasiga yo‘naltirishi mumkin emas. Agar shunday holat yuz bersa, avtogol qayd etilmaydi, balki burchak to‘pi belgilanadi. Xuddi shu qoida to‘pni maydon markazidan o‘yinga kiritishda ham qo‘llaniladi. Oddiy aytganda, futbolchi ayni shu ikki holatda to‘pga birinchi teginishda raqib darvozasiga gol urishi mumkin, ammo o‘z jamoasinikiga emas. Bu kamdan-kam qo‘llaniladigan futbol qoidalari qatoriga kiradi. Shunday ekan, «Mayami» - «Pittsburg» bahsini boshqarib borgan referi qarorini tushunish mumkin. Ammo u «Mayami» futbolchilari jarima zarbasidan keyin to‘pni bir-birlariga oshirishga ulgurishganini hisobga olmadi. Boz ustiga, mezbon jamoa himoyachilaridan biri to‘p bilan bir necha metr harakatlandi ham. USL rasmiy saytida hakam nima uchun bunday qarorga kelgani haqida alohida bayonot berilgani yo‘q. O‘yin hisobotida qayd etilishicha, bosh hakam yordamchilari bilan maslahatlashganidan keyin burchak zarbasi belgilashga qaror qilgan. Bor gap shu...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:47, 01.11.2021.
O'qildi: 4831 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.