Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

YECHL. Bugun 4-tur bahslari boshlanadi. 5 jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin

YECHL. Bugun 4-tur bahslari boshlanadi. 5 jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-tur uchrashuvlari start oladi. Mazkur bahslardan keyin 5 jamoa pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin ijobiy hal qilish imkoniyatiga ega.

Ushbu jamoalar qatoriga: «Ayaks», «Bavariya», «Liverpul», «Yuventus» hamda Avstriyaning «Zalsburg» kirishadi.

Seshanba, 2 noyabr

E guruhi: «Bavariya» (9 ochko) - «Benfika» (4), "Dinamo Kiyev" (1) - «Barselona» (3)

«Bavariya» ushbu turda «Benfika»ga mag‘lub bo‘lmasa, guruhdan chiqish masalasini hal qiladi. Mazkur bahsda myunxenliklar g‘alaba qozonsa hamda kataloniyaliklar Ukraina klubiga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, Germaniya grandi guruhda birinchi o‘rinni muddatidan oldin rasmiylashtirishi mumkin.

"Dinamo Kiyev" Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, «Barselona» bilan o‘yinda mag‘lub bo‘lsa hamda «Benfika» «Bavariya» ustidan g‘alaba qozonsa, ular YECHL pley-off yo‘llanmasidan muddatidan oldin quruq qolishadi.

F guruhi: «Vilyarreal» (4 ochko) - "Yang Boys" (3), «Atalanta» (4) - "Manchester Yunayted" (6)

Ushbu guruhda 4-turdan keyin hech narsa hal bo‘lmaydi. Barcha jamoalarda imkoniyat saqlanib turibdi.

G guruhi: «Sevilya» (3 ochko) - «Lill» (2), «Volfsburg» (2) - «Zalsburg» (7)

Mazkur guruhda «Zalsburg» «Volfburg» maydonidan g‘alaba bilan qaytsa, pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qiladi.

H guruhi: «Yuventus» (9 ochko) - «Zenit» (3), «Malmyo» (0) - «Chelsi» (6)

«Yuventus» Rossiya klubiga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qolishsa, muddatidan oldin nimchorak final yo‘llanmasiga ega chiqishadi.

«Malmyo» o‘z maydonida londonliklardan 3 ochkoni olishni uddalay olmasa, muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasidan quruq qolishadi. Ammo, ularda Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun imkoniyat saqlab qolinadi.

Chorshanba, 3 noyabr

A guruhi: «Leypsig» (0) - PSJ (7), "Manchester Siti" (6) - «Bryugge» (4)

«Leypsig» Parij klubiga bahsda yana mag‘lubiyatga uchrasa, guruhda top-2 o‘rin uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Ikkinchi holatda Germaniya klubi PSJ bilan durang o‘ynagan taqdirda va «Siti» «Bryugge»ni taslim qilganda ham ular guruhdan chiqa olishmaydi. Biroq, Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishlari mumkin.

B guruhi: «Milan» (0 ochko) - «Portu» (4), «Liverpul» (9) - «Atletiko» (4)

«Liverpul» Madrid klubini mag‘lub etsa yoki durang o‘ynasa va «Portu» «Milan» ustidan g‘alaba qozona olmasa, mersisaydliklar muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqishadi. «Liverpul» 4-turdan keyin guruhda birinchi o‘rinni rasmiylashtirishi mumkin. Buning uchun, ular dastlab Diyego Simeone jamoasini mag‘lub etishlari hamda Portugaliya klubi Ibrahimovich yetakchiligidagi klubi yuta olmasligi kerak bo‘ladi.

«Milan» mazkur turdan keyin muddatidan oldin YECHL pley-off yo‘llanmasidan quruq qolishi mumkin. Jamoa «Portu»ga yutqazib qo‘ysa yoki durang o‘ynasa va «Atletiko» «Enfild»da g‘alaba qozonsa Pioli shogirdlari musobaqani erta tark etishgani ma’lum bo‘ladi.

«Milan» klubini ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Italiya jamoasi mag‘lubiyatga uchrasa hamda «Atletiko» g‘alaba qozongan taqdirda ular Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatidan ham quruq qolishadi.

C guruhi: "Borussiya Dortmund" (6 ochko) - «Ayaks» (9), «Sporting» (3) - «Beshiktosh» (0)

«Ayaks» 4-turda dortmundliklarni yutsa yoki durang o‘ynab, «Sporting» Turkiya klubini mag‘lub eta olmasa, muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qiladi. Amsterdamliklar g‘alaba qozonsa va Portugaliya jamoasi ochko yo‘qotsa, muddatidan oldin guruhda birinchi o‘ringa ega chiqishgani ma’lum bo‘ladi.

«Beshiktosh» klubi mag‘lubiyatga uchrasa yoki durang o‘ynagan taqdirda Dortmund jamoasi «Ayaks»dan ochko olsa, musobaqa turkiyaliklar uchun muddation oldin tugaydi. «Borussiya» mag‘lub bo‘lmasa hamda «Beshiktosh» imkoniyatni boy berib qo‘ysa, Turkiya klubi Yevropa Ligasi uchun kurashish imkoniyatidan ham mahrum bo‘lishadi.

D guruhi: «Sheriff» (6 ochko) - «Inter», "Real Madrid" - «Shaxtyor» (1)

«Shaxtyor» safarda «Real»ga imkoniyatni boy bersa va «Sheriff» «Inter» ustidan g‘alaba qozonishni uddalasa, donetskliklar guruhdan chiqa olishmaydi. Ammo, ularda Yevropa Ligasi uchun kurashish imkoniyati saqlab qolinadi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 09:59, 02.11.2021.
O'qildi: 7239 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.