Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘FA prezidenti milliy terma jamoa bilan uchrashdi

O‘FA prezidenti milliy terma jamoa bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov Gruziyaga qarshi bahs oldidan milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi.

Futbolimiz rahbari milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar mas’uliyati, ularga tizimli tayyorgarlik ko‘rish, har bir o‘yinda sidqidildan harakat qilish lozimligi haqida fikr bildirdi.

Milliy terma jamoada o‘ynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam bo‘lib, Vatan sharafi uchun kurashishi va yurt obro‘sini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilish kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan o‘tgan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi ma’lum qilindi. O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Abdusalom Abdumavlonovich bo‘lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.

Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan suhbatda tayyorgarlik jarayonida kuchli jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish muhimligini e’tirof etdi. Srechko Katanes terma jamoamiz bilan ishlashdagi dastlabki taassurotlari va fikr-mulohazalarini bildirdi. Klublardagi muntazam mashg‘ulotlarda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi aytilib, bu borada jamoalarga kerakli ko‘rsatmalar berilishiga qaror qilindi.

Tibbiy shtab tomonidan jarohat olgan futbolchilar borasida ma’lumotlar eshittirildi va O‘FA Prezidenti ularga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotini davom ettirishga ko‘rsatma berdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Tbilisiga jo‘nab ketdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 18:06, 12.11.2021.
O'qildi: 4255 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик