Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

JCH-2022. Angliya va Polshadan yirik hisobda g‘alabalar, Italiya Shveysariya bilan durang o‘ynadi

JCH-2022. Angliya va Polshadan yirik hisobda g‘alabalar, Italiya Shveysariya bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Yevropada Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Markaziy bahs "S" guruhi yetakchilari — Italiya va Shveysariya o‘rtasida kechdi. Ushbu to‘qnashuv g‘olibi amalda JCH yo‘llanmasini hal qilib qo‘yar edi. O‘yinning 11-daqiqasida Vidmer shveysariyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, taym tugashiga 9 daqiqa qolganida Jovanni di Lorenso muvozanatni tikladi. Ushbu hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi.

Ushbu durang tufayli ikki jamoaning ochkolari 15taga yetdi. "Skuadro adzurra" to‘plar farqiga ko‘ra oldinda bormoqda. So‘nggi turda italiyaliklar Shimoliy Irlandiya mehmoni bo‘lsa, "soatsozlar" o‘z uylarida Bolgariyani qabul qilishadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdiri to‘plar farqi orqali hal etilishini inobatga olsak, so‘nggi turda ular yirik hisobdagi g‘alaba uchun o‘ynashadi.

Angliya o‘z uyida Albaniya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. So‘nggi turda inglizlar San-Marinoga qarshi bahsda durang qayd etishsa ham JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Bunday holatda Polsha pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

JCH-2022 saralash bosqichi. Yevropa

"C" GURUHI
Italiya – Shveysariya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 11 Vidmer, 1:1 – 36 Di Lorenso.
Italiya – Donnarumma, Acherbi, Emerson (Kalabriya, 80), Di Lorenso, Bonuchchi, Jorjinyo, Barella (Kristante, 69), Kyeza, Lokatelli (Tonali, 58), Insinye (Raspadori, 79), Belotti (Berardi, 58).
Shveysariya – Zommer, Vidmer, Rodriges (Garsiya, 69), Sher, AkanJi, Shakiri (Sou, 80), Shteffen (Imeri, 69), Vargas (Zekiri, 87), Froyler, Okafor (Fray, 79), Zakariya.
Ogohlantirishlar: Kyeza (43), Insinye (47), Sher (77), Akanji (81), Garsiya (89).

Shimoliy Irlandiya – Litva 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 17, avtogol Shatkus.

"F" GURUHI
Moldova – Shotlandiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 38 Patterson, 0:2 – 65 Adams.

Daniya – Farer 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 18 Olsen, 2:0 – 63 Bruun Larsen, 2:1 – 89 Olsen, 3:1 – 90 Mele.
 
Avstriya – Isroil 4:2 (0:1, 4:1)
Gollar: 0:1 – 32 Biton, 1:1 – 51, penalti Arnautovich, 1:2 – 58 Peres, 2:2 – 62 Shaub, 3:2 – 72 Shaub, 4:2 – 84 Zabitser.

"I" GURUHI
Angliya – Albaniya 5:0 (5:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Maguayr, 2:0 – 18 Keyn, 3:0 – 28 Xenderson, 4:0 – 33 Keyn, 5:0 – 45 Keyn.
Angliya – Pikford, Jeyms (Aleksander-Arnold, 77), Maguayr, Uoker, Chiluell, Foden (Grilish, 63), Xenderson, Sterling (Smit-Rou, 77), Fillips (Bellingem, 64), Stounz, Keyn (Abraxam, 63).
Albaniya – Strakosha, Veseli, Kumbula (Dermaku, 17), Ismayli, Xyusay, Bare (Lyachi, 12), Trashi (Mixay, 46), Gyasula, Bayrami (Ramadani, 46), Uzuni (Roshi, 86), Sikaleshi.
Ogohlantirishlar: Gyasula (8), Sikaleshi (21), Ismayli (25), Lyachi (67).

Andorra – Polsha 1:4 (1:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 5 Levandovski, 0:2 – 11 Yuzvyak, 1:2 – 45 Vales, 1:3 – 45 Milik, 1:4 – 73 Levandovski.
Andorra – Iker Alvares, Servos, Alavedra, Maks Lyovera, San-Nikolas (Pablos, 84), Alaes (Garsiya Renom, 84), Vales (Garsiya, 66), Vyeyra, Rikard, Puxol (Rosas, 62), Klemente (Martines, 66).
Polsha – Shchensni, Glik, Ribus, Bereshinski, Yuzvyak, Frankovski (Kesh, 64), Klix (Piontek, 64), Zelinski (Shimanski, 86), Krixovyak (Linetti, 64), Levandovski, Milik (Shviderski, 77).
Ogohlantirishlar: Klix (22), Puxol (22), Alaes (37), Vyeyra (40), Krixovyak (61).
Chetlatish: Rikard (1).

Vengriya – San-Marino 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Soboslai, 2:0 – 22 Gazdag, 3:0 – 83 Soboslai, 4:0 – 88 Vechei.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:19, 13.11.2021.
O'qildi: 2634 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.